скачать книгу бесплатно
PEDAGOGIKA
X.A. To‘raqulov
N.O‘. Usmanov
I.Sh. Alqarov
J. Hasanboyev
Mazkur darslik pedagogika nazariyasi kursining maqsad va vazifalari, fanning umumiy asoslari, pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari, tarbiya va ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, turlari, ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosdan foydalanish yo‘llari, shakllari va vositalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, ta’lim oluvchilar bilimlarini tashkil etish, korreksion pedagogika haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Darslik pedagogika oliy o‘quv yurtlarining mutaxassis fakultetlari talabalari, pedagogika kollejlarining o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrlar va aspirantlar, shuningdek, pedagog-mutaxassislarga mo‘ljallab tayyorlandi.
Ushbu darslik «Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy faol shaxsni shakl- lantirishning pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mavzusiga oid fundamental hamda «Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy, pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo‘yicha bosqichma-bosqich malaka oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy tadqiqot doirasida ishlab chiqildi.
J. Hasanboyev, X.A. To‘raqulov, I.Sh. Alqarov, N.O‘.Usmanov
PEDAGOGIKA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
О‘zbekiston Respublikasi oliy va о’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘qituvchilar tayyorlash ta’lim уо’nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
«Asian Book House»
TOSHKENT 2020
УДК: 371 (075)
74.03
Р29
Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi). Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. J.Hasanboyev va boshqalar. O‘z.Resp.Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. -Toshkent: «Asian Book House», 2020. Hasanboyev J. va boshqalar.
BBK 74.03.73
Mazkur darslik pedagogika nazariyasi kursining maqsad va vazifalari, fanning umumiy asoslari, pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari, tarbiya va ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, turlari, ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosdan foydalanish yo‘llari, shakllari va vositalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, ta’lim oluvchilar bilimlarini tashkil etish, korreksion pedagogika haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Darslik pedagogika oliy o‘quv yurtlarining mutaxassis fakultetlari talabalari, pedagogika kollejlarining o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrlar va aspirantlar, shuningdek, pedagog-mutaxassislarga mo‘ljallab tayyorlandi.
Ushbu darslik «Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy faol shaxsni shakl- lantirishning pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mavzusiga oid fundamental hamda «Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy, pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo‘yicha bosqichma-bosqich malaka oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy tadqiqot doirasida ishlab chiqildi.
Taqrizchilar: N.Shodiyev, pedagogika fanlari doktori, professor, Q.Olimov, pedagogika fanlari doktori, professor.
ISBN 978-9943-5878-0-7
© «Asian Book House», 2020.
KIRISH
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki, insonning ma’rifatli bo‘lishi va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Ma’lumki, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta’lim-tarbiya sohasidagi sifat o‘zgarishlari qilib yuqori samaradorlikka erishishga, ularning jahon ta’limi talablari bilan mosligi va amaliy hayotdagi o‘rnini qay darajada topayotganligiga bog‘liq.
Ta’lim-tarbiyadagi sifat o‘zgarishlar va yuqori samaradorlik ko‘proq milliy pedagogikamizning tarixiy ildizlari va zamonaviy yutuqlarini talabalar ongiga singdirishni qay darajada olib borilganligiga bog‘liq bo‘lib, u barkamol avlod tarbiyasida mustahkam asos bo‘ladi. Shunday asoslarda ta’lim-tarbiya berish bo‘lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi innovatsion jarayon bo‘lib, oldingi egallagan bilimlar asosida ijobiy pedagogik samaralarni beruvchi yangicha yondashuv texnologiyalarini yaratish va joriy etishdan iboratdir. Bu talablarni bajarish ta’lim-tarbiya jarayonini ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlari asosida, zamon talablarini hisobga olgan holda tashkil etish muammosi mavjudligini ta’kidlaydi.
Ta’lim-tarbiya sohasida Respublikamizda qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va jahon ta’limi andozalari talablarlariga mos keluvchi «Davlat ta’lim standartlari» da davr bilan hamnafas, ya’ni «Intellektual asr» ning faol ishtirokchilarini tayyorlash ko‘zda tutilgan. XXI asrning faol ishtirokchisi esa keng ma’noda ta’lim-tarbiya va ularning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar bilan bog‘langan holda barkamol shaxsni voyaga yetkazishdek innovatsion jarayonni o‘zida mujassamlashtiradi.
«Barkamol shaxs tarbiyasi» degan tushuncha tasodifan paydo bo‘lgan emas. Bu inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar asosida shakllana boshladi va hozirgacha jamiyat taraqqiyotiga mos holda takomillashib kelmoqda. Ular, asosan, qissalar, pandnomalar, qadriyatnomalar, yozma yodgorliklarda xalq og‘zaki ijodida va boshqa shu kabi manbalarda asoslab berilib, avloddan avlodga o‘tkazildi va keyinchalik mustaqil fan sifatida shakllanib o‘z mavqeyini mustahkamladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish va ulardan amaliyotda keng foydalanishga erishish, «Ta’lim – fan – amalivot» integratsiyasining ta’lim tizimidagi samarasiga alohida e’tibor qaratilgan. Qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning milliy modelidagi bosh muddao ham barkamol avlod tarbiyasi, mustaqil va erkin fikrlovchi, dunyoqarashi keng ijodkor shaxsni tarbiyalash masalasidir. Bu vazi- fani esa pedagogika fani asoslaridan xabarsiz kishi me’yoriga yetkaza olmasligi hech kimga sir emas.
Shu ma’noda boiajak o‘qituvchilar zimmasiga qo‘yiladigan yangi pedagogik tafakkurni shakllantirish vazifasi zamonaviy pedagogika fanining mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Shuningdek, jamiyat oldida milliy maktab modelini yaratish, milliy ta’lim tizimini, uning mazmunini jahon tajribasi mezonlariga mos davlat standartlari asosida yaratish vazifasini hal etish ham milliy pedagogikamizning zimmasiga yuklatiladi.
O‘zbekiston Respublikasidagi pedagogik oliy o‘quv yurtlarida o‘rganiladigan pedagogika fani o‘qituvchilik kasbiga tayyorlash tizimida alohida ahamiyat kasb etadi va ixtisoslikka yo‘naltiruvchi fan hisoblanadi. Mazkur o‘quv fani o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odat, marosim va an’analari hamda xalq pedagogikasi aqidalariga asoslanib, boiajak o‘qituvchini milliy mustaqillik sharoitida yosh avlodni tarbiyalash va ta’lim berish. shaxsni kamol toptirish. e’tiqod va maslaklarini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi. Pedagogika fanining boshqa fanlar orasidagi tutgan muhim o‘rni ham ana shundadir.
Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, u o‘zining nazariy, milliy va amaliy asoslariga ega.
Pedagogika fanining nazariy asoslari pedagogika fanining nazariy asoslari inson aqliy kainolotini yuksaltirishga qaratilgan, xalqimiz tomonidan yaratilgan boy tajriba, ilmiy-tadqiqotlarga doir nazariy va metodik manbalarga, O‘rta Osiyo va jahon ma’rifatparvar, mutaffakkir olimlarning asarlariga suyangan holda barkamol shaxsni tarbiyalash, o‘qitishning qoida va umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Pedagogika fanining milliy asoslari: pedagogika fanining milliy asosi ta’lim muassasalarini har bir millatning milliy merosi bilan umurninsoniy, umumbashariy qadriyatlarni bog‘lagan holda amalga oshirishdir. Har bir millatning o‘ziga xos meros va qadriyatlarga suyangan holda tarbiyashunoslik masalalarini milliy asosda yosh avlodga yetkazishning mazmuni, shakli, metod va tamoyillarini milliylashtirishdir.
1-MAVZU: KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI. HOZIRGI JAMIYATDA PEDAGOGLIK KASBI VA UNING ASOSIY VAZIFALARI
Reja:
1. Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish.
2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli pedagog kadrlarni tayyorlashning nazariy asosi.
3. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
Mavzuning maqsadi:
Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish orqali o‘qituvchi kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yoritish, fan, texnika, texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda o‘qituvchilarni qayta tayyorlash, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan talablar haqida ilmiy tushuncha berish.
Mavzuning vazifalari:
– kadrlar tayyorlash milliy modelining mazmunini tushuntirish;
– demokratik jamiyatda pedagoglik kasbining rolini ko‘rsatish;
– o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan talablarni ochib berish.
Tayanch ibora va atamalar: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy modeli: (shaxs, davlat, jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish), pedagogika, mutaxassis, raqobatbardosh kadr, o‘qituvchi, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
1.1. Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish
1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Qonunlarga muvofiq milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moMjalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Bizda 221 ming nafar kishini qamrab olgan 442 ta o‘quv yurti, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta kasb-hunar litseyi va 53 ta biznes maktab faoliyat ko‘rsatdi.
Boshlang‘ich kasb-hunar ta’lim o‘quv yurtlarida qariyb 20 ming o‘quvchi va malakali mutaxassislar o‘quvchilarga kasb-hunar sirlarini o‘rgatib bormoqdalar.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida ham islohotlar amalga oshirilib, bu borada 23 ta institut, 16 ta fakultet, 4 ta markaz va 14 ta malaka oshirish kurslari pedagog kadrlar malakasini oshirish, ularni fan va texnika yutuqlari, ta’lim-tarbiya sohasidagi yangiliklardan boxabar etib bordi.
Fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yildi hamda bu borada muayyan yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Shunga qaramay, sodir etilgan o‘zgarishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlay olmadi.
Mutaxassislar tayyorlash hamda ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda olib borilayotgan islohotlar, yangilanish jarayoni talablari bilan bog‘lanadi.
Majburiy to‘qqiz yillik ta’limga asoslangan o‘n bir yillik o‘rta ta’lim mazmuni ilmiy jihatdan to‘laqonli asoslanmadi, o‘quvchilarni
kasbga yo‘naltirish hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyatini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirishni ta’minlay olmadi.
Har yili tayanch maktablarini 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasi yoki kasb-hunar ta’limini davom ettirish jarayoniga jalb etilmay qolaverdi.
Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta’lim muassasalariga ochish ko‘proq og‘izda bo‘lib, amalda esa ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmadi. Ularda ta’lim eskirib qolgan moddiy-texnika va o‘quv-uslubiy baza negizida tashkil etildi.
Mazkur o‘quv yurtlarida pedagog kadrlar safi tegishli qayta tay- yorgarlikdan o‘tmagan o‘qituvchilar bilan to‘ldirilib borildi. Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning o‘rtacha voshi ulg‘ayib bordi. Respublika oliy o‘quv yurtlarida 40ga to‘lmagan fan doktorlari bu boradagi umumiy ko‘rsatkichning 0.9 foizi, 50 va undan katta yoshdagilar esa 79 foizni tashkil etishi aniqlandi.
Fan doktori ilmiy darajasida tasdiqlanganlarning o‘rtacha yoshi 50da bo‘lsa, fan nomzodlarining o‘rtacha yoshi 36da ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturbming maqsadi qilib belgilandi. Ya’ni, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida. yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob benivchi yuqori tnalakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini varatishdan iboratdir.
1.2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli – pedagog kadrlarni
tayyorlashning nazariy asosi
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:
I. Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
Shaxs uzluksiz ta’lim jaravonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o‘zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy va yuqori dara- jadagi kasbiy malakaga ega bo‘lish uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi, o‘qib-o‘rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib shakllanadi.
O‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan to‘laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o‘zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo‘la olish uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
«Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o‘tishni kafolatlaydi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach. ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z bilimi hamda tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi».
2. Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
Shaxs va davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarolarning yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi. uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta’lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o‘zligini namoyon eta olishi uchun
yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oluvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini ham uyg‘unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi:
– fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga;
– majburiy-umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish vo‘nalishini tanlash huquqi asosida maj- buriy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga;
– davlat grantlari yoki pulli – shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga;
– davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
– ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamo- atchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
– ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab- quvvatlashga;
– sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishiga.
Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy bosh shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:
– ta’limning ustuvorligi;
– ta’limning demokratlashuvi;
– ta’limning insonparvarlashuvi;
– ta’limning ijtimoiylashuvi;
– ta’limning milliy yo‘naltirilganligi;
– ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;
– iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
– maktabgacha ta’lim;
– umumiy o‘rta ta’lim;
– o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
– oliy ta’lim;
– oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
– kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;