banner banner banner
PEDAGOGIKA
PEDAGOGIKA
Оценить:
Рейтинг: 0

Полная версия:

PEDAGOGIKA

скачать книгу бесплатно


– maktabdan tashqari ta’lim.

Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, uning o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.

Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i shakllanib bormoqda. Bu o‘rinda «Xonadon bog‘chasi» hamda «Bolalar bog‘chasi – boshlang‘ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tasviriy san’at, musiqa, til va kompyuter savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga xizmat qiladi.

Umumiy o‘rta ta’lim to‘qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni o‘zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar. mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish, shuningdek, kasb tanlash ko‘nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o‘quvchilarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb- hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik lashxis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.

O‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o‘rta ta’lim negizida tashkil etiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ikki muhim yo‘nalishi bo‘lgan – akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.

Akademik litsey o‘quvchilarining imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq, o‘ta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.

Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o‘zlarida fanni chuqur oiganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini shakl lantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Akademik litseylar, asosan, oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviv kasb sirlarini egallash imkonini beradi.

Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.

Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlan- ganligi, shuningdek, O‘quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida e’tiborga loyiq.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplo‘llar beriladi. Ushbu diplo‘llar asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqichda (bakalavriat hamda magistratura) tashkil etilib, mutaxassislar vo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Bakalavriat – mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.

Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo‘nalishidagi o‘zi tanlagan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizidagi ta’lim bo‘lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.

Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasida quyidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyat koisatadi:

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish. shaxsning ijodiy ta’lim, kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspi-antura, adyunktura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi dip- lomga ega bo‘lish huquqini beradi.

Har ikki daraja (aspirantura, doktorantura)da ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o‘qish natijalariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo‘ladilar.

Maktabdan tashqari ta’lim – maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik vajismoniv shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texni kaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilib, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarni qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.

4. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo‘lib, kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy-tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy-tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning. ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqeyi va obro‘sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi».

Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan: «ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».

5. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi. kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.

«Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijasida kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi».

«Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o‘quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag‘batlantiradi, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi».

Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi iste’molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o‘zgaradi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisba- tan o‘z talablarini qo‘ya oladi. Shu bilan birga sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab. yetishtirish yo‘lida uzluksiz ta’lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash majbariyatini o‘z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylanadi.

Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o‘zbek xalqining milliy turmush tarzi va ma’naviy-axloqiy an’analari bilan hamnafasdir. Zero, xalq orasida qadimdan «ma’rifatli inson» tushunchasi qo‘llanib kelingan bo‘lib, u o‘zida keng ma’noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi millatining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatchilik – faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni paytda chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi.

Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati o‘zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog‘lanib ketgan.

1.3. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar

O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro sifatida yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak».

Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglashiladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur?

O‘qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunining 5-moddasi 3-bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

1. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.

2. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.

3. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi lozim.

4. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.

5. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

6. O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.

7. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomima, jest) qoidalarini chuqur o‘zlashtirib olishga erishishlari lozim.

8. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettira olishi kerak:

a) nutqning to‘g‘riligi;

b) nutqning aniqligi;

d) nutqning ifodaviyligi;

e) nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar); varvarizm (muayyan tillardan o‘zlashgan so‘zlar), vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (oini bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) so‘zlardan xoli bo‘lishi, o‘qituvchining nutqi sodda va tushu narli bo‘lishi;

t) nutqning ravonligi;

g) nutqning boyligi (hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar va ko‘chirma gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish).

9. O‘qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o‘zlashtirishga erishishi lozim.

10. O‘qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunining mazmuni nimadan iborat

2. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» necha bosqichda amalga oshiriladi.

3. Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima?

4. Uzluksiz ta ‘lim tizimi qanday bosqichlardan iborat?

5. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining farqi mmada?

6. Oliy ta ‘lim qaysi bosqichlarda amalga oshiriladi?

7. Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta‘lim nima?

8. О‘qituvchi shaxsiga qo ‘yiladigan talablar nimalardan iborat?

9. О‘qituvchining nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz?

Test savollari

1. Birinchi Prezident I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi IX sessiyasida (1997) so‘zlagan «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqida tarbiyaning maqsadi qanday ifodalanadi?

A) Tadbirkor shaxsni tarbiyalash

B) Umumiy va ilmiy ruhdagi shaxsni tarbiyalash

D) Barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash

E) Mehnatsevar shaxsni tarbiyalash

2. A.Karimovning: «Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak» – degan iborasi qayd etilgan asarni aniqlang.

A) Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori

B) Barkamol avlod orzusi

D) Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik

E) O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat

3. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qachon qabul qilingan?

A) 1992 yil В) 1995 yil

D) 1994 yil E) 1997 yil

4. I.A.Karimov qaysi asarida «Kadrlar tanlashda vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘usi bugun juda katta ahamiyatga egadir» deb yozgan?

A) Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik

B) Istiqlol va ma’naviyat

D) O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda

E) Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajak-

ka ishonchdir

5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimini isloh qilishning bosqichlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) 1997-2000

B) 2001-200

D) 2004-2005

E) 1997–2000, 2003–2005, 2005 va undan keyingi yillar

6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida ta’lim olishining tekin va majburiyligi ko‘rsatilgan?

A)40-modda B) 41- modda

D)42- modda E) 43- modda

7. I.A.Karimovning Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida so‘zlagan nutqi mamlakatimizdagi qaysi sohani isloh qilishga qaratilgan?

A) Tarbiya sohasini B) rjtimoiy sohani

D) Ta’lim-tarbiya sohasini E) Iqtisodiy sohani

8. O‘zbekistonda majburiy, ixtiyoriy ta’lim necha yil qilib belgilangan?

A) 10 yil B) 11 yil D) 12 yil E) 13 yil

9. «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning maqsadni toping.

A) Fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatish

B) Fuqarolarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash

D) Fuqarolarda ko‘nikma. malakani boyitish

E) Fuqarolar bilimini boyitish