скачать книгу бесплатно
1. Inson tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi fan bu…
A) Psixologiya B) Pedagogika
D) Tarixiydagogigika E) Filosofiya
2. Pedagogik fanining ilmiy-tadqiqot usullari…
A) Kuzatish usuli, suhbat usuli
B) Hikoya usuli, suhbat usuli, ma’ruza
D) Induktiv usuli, deduktiv usuli
E) Illustrativ uslubi, demonstrativ uslub
3. «Pedagogika» atamasining ma’nosi nimani anglatadi?
A) Bolani o‘qitaman
B) Bolani yetaklayman
D) Bolani tarbiyalayman
E) Bolani tarbiyalayman va o‘qitaman
4. Pedagogika fanlari tizimi qaysi variant javobida to‘g‘ri ko‘sratilgan?
A) Umumiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika, kasb ta’lim
B) Maktabgacha ta’lim pedagogikasi metodikasi, pedagogika tarixi, ta’limni boshqarish va boshqalar
D) Umumiy pedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, korreksion (maxsus) pedagogika, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogikasi va logopediya
E) Pedagogik mahorat, ijtimoiy pedagogika, pedagogika tarixi
5. Pedagogika fani konsepsiyasining asosiy mazmun-mohiyati nimadan iborat?
A) Pedagogika faninig rivojlanish istiqbollarini belgilashdan
B) Pedagogika fanining yangi yo‘nalishlarini belgilashdan
D) Pedagogika fani erishgan yutuqlarni targ‘ib qilishdan
E) Pedagogika fani erishgan yutuqlarni amaliyotda qo‘llashdan
6. Qaysi olimnmng asarida pedagogika alohida fan maqomiga ega bo‘ldi?
A) Abu Ali Ibn Sinoning «Donishnoma» asarida
B) Abu Nasr Forobiyning «Baxt-saodatga erishuv» asarida
D) Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida
E) Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarida
7. Pedagogikaning bosh masalasi…
A) Tarbiya B) Barkamol inson
D)Ta’lim E) Ta’lim-tarbiya
8. Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
A) Matematik-statistik, evristik, innavatsion tajriba
B) Tabiiy tajriba. laboratoriya tajribasi. tajribi ishi
D) Bolalarni ijodini o‘rganish, statistika va boshqalar
E) Laboratoriya tajribasi, amaliy tajriba. anketa-sinov tajribasi
9. Pedagogika tarixi qanday fan?
A) Siyosiy B) Huquqiy D) Ijtimoiy E) Didaktik
10. «Pedagogiya, ya’ni bola tarbiyasining fani, demakdir», pedagogikaga bu ta’rif kim tomonidan berilgan?
A) Shakuriy B) Hamza D) Avloniy E) Ayniy
11. Pedagogika olamiga «evristik» savol-javob suhbatning metodini olib kirgan faylasuf kim?
A) Aflotun B) Suqrot D) Arastu E) Demokrit
12. Pedagogika fanining predmeti nimadan iborat?
A) Ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari va mazmunidan
B) Ta’lim-tarbiyaning usullari va vositalaridan
D) Dunyoning moddiy va ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligidan
E) Hamma javoblar to‘g‘ri
13. Pedagogika fanining asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari nechta?
A) 10 ta В) 11 ta D) 12 ta E) 13 ta
14. Pedagogika qanday fan?
A) Shaxs haqidagi fan B) o‘quvchilar haqidagi fan
D) O‘qitish haqidagi fan E) Tarbiya haqidagi fan
15. Pedagogika tizimining maqsadi nima?
A) Barkamol insonni tarbiyalash
B) Insonni ma’rifatli va ma’lumotli qilish
D) Bilimni oshirish
E) Pedagogik faoliyatni o‘stirish
16. Pedagogik nazokatning mag‘zi bu…
A) Tarbiyalanuvchilarning muomalasi
B) Tarbiyalanuvchilarning shaxsga bo‘lgan hurmati
D) Tarbiyalanuvchilarning xatti-harakati
E) Tarbiyalanuvchilarning xushfe’lligi
17. Inson bu…
A) Tirik biologik mavjudot
B) Ijtimoiy mavjudot
D) A va В javob to‘g‘ri
E) Muayyan jamiyatning a’zosi
18. Zamonaviy pedagogika faniga qaysi javobda to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A) Tabiatning oliy mahsuli
B) Insonning ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk bo‘lib shakllanishiga, uning shaxs sifatida rivojlanishiga xizmat qiladigan fan
D) Barkamol shaxs bo‘lib yetishishdagi qonuniyatlarni o‘rganuvchi fan
E) Barcha javoblar to‘g‘ri
19. Pedagogikaning bosh masalasi nima?
A) Tarbiya B) Bilim
D) Odob-axloq E) Malaka
Insonni inson qilib yetishtiruvchi narsa – tarbiyadir.
Demokrit
3-MAVZU: SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI
Reja:
1. Pedagogik antropologiya. Individ va shaxs haqida tushuncha. Shaxs tarbiya obyekti va subyekti sifatida.
2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi.
3. Shaxs shakllanishining yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Barkamol shaxs tarbiyasining ma’naviy-ma’rifiy asoslari. Shaxs kamolotining yoshlar dunyoqarashidagi ahamiyati.
Mavzuning maqsadi:
Shaxs, individ, barkamol shaxs, o‘quvchilarning yosh davrlari to‘g‘risida ma’lumot berish hamda ularda dunyoqarash, axloq, intizomni shakllantirish.
Mavzuning vazifalari:
– shaxs va individ tarbiya jarayonini obyekti va subyekti ekanligi. shaxs rivoj lanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jihatlarini yoritish;
– shaxsni kamol toptirishda ta’sir etuvchi omillarning rolini ko‘rsatish:
– shaxs shakllanishini yosh xususiyatlariga ko‘ra davrlarga bo‘lish;
– barkamol shaxs tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy asoslarini ko‘rsatish.
Tayanch ibora va atamalar: shaxs tushunchasi, individ, inson, ruh, aql, bosh miya, rivojlanish, salomatlik. ta’lim-tarbiya. shaxsning rivojlanishi. shaxsni rivojlantiruvchi omillar, ta’lim-tarbiya. biologik,
ijtimoiy omillar, irsiyat, muhit, oila muhiti, ijtimoiy muhit, mahalla, maktab, tarbiya, shaxsning kamol topishida tarbiya va faoliyatning bog‘liqligi, go‘daklik davri, yangi davr, maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab yoshi, o‘smirlik davri, o‘spirinlik davri, jismoniy va ruhiy kamolot, barkamol shaxs.
3.1. Individ va shaxs haqida tushuncha.
Shaxs – tarbiya obyekti va subyekti sifatida.
Shaxsni shakllantiruvchi asosiy omillar
Dunyoga kelgan go‘dak ma’lum yoshga qadar individ hisoblanadi. «Individ» lotincha «individium» so;zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida», «yagona» ma’nolarini anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir.
Shaxsning shakllanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo‘lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xususiyati, qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi.
Shaxsning rivojlanishi, avvalo, uning shaxsiy xislatlarining shakllanishidan boshlanadi.
Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak? – degan savolning tug‘ilishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, muhit va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda shaxsning nasliy xususiyatlarining takomillashib borishi odamning rivojlanishi shaxs sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsning rivojlanishida faoliyatinig o‘rni va ahamiyatini ham o‘rganishi lozim.