скачать книгу бесплатно
2. Pedagogikada tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmog‘i – bunda shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda e’tiqod, dunyoqarash, axloq singari ma’naviy jihatlarni shakllantirish masalalarining yechimi qaraladi.
3. Pedagogika tarixi – bu jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani va amaliyotining jamiyat taraqqiyoti turli davrlarida qanday mazmun-mohiyatga egaligi, ularning qanday shaklda ifodalanganligi, qaysi usul, vosita, uslubiyat va shakllardan foydalanib faoliyat ko‘rsatganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalarni o‘rganadi.
4. Pedagogikaning maktabshunoslik sohasi – bunda ta’lim- tarbiyani tashkil qilish, uyushtirish va uni boshqarishga oid bo‘lgan tashkiliy-pedagogik qonuniyatlar o‘rganiladi va ularga mos qonu- niyatlar tadqiq etiladi.
Mazkur soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishda, albat- ta, ta’lim oluvchilar va tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari e’tiborga olinadi. Bu, shuningdek, muammo yechimidagi natijalarning hayotiyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab muayyan yoshdagi ma’lum hayotiy va aqliy tajribaga ega bo‘lgan kis- hilarning hayotiy faoliyati (turmush tarzi) turlichaligidir.
5. Defektologiya – bu jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, o‘qitish va shakllantirishdagi o‘ziga xosliklarni hisobga olib ish ko‘radigan pedagogika fani tarmog‘i.
Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligiga va ularga beriladigan ta’lim-tarbiya mazmuniga qarab quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:
– tiflopedagogika;
– surdopedagogika;
– oligofrenopedagogika.
Shu sababli ham pedagogika quyidagicha turlardan iborat:
– oila pedagogikasi;
– maktab ta’limi pedagogikasi;
– umumiy pedagogika;
– pedagogika tarixi;
– maxsus (surdo, tiflo. oligrofreno) pedagogikalar;
– oliy ta’lim pedagogikasi;
– xususiy metodika;
– qiyosiy pedagogika.
Fan-texnikaning jadal rivojlanishi natijasida soha pedagogikalari rivojlanib. bir qator pedagogika sohalari vujudga kelmoqda. Masalan, ishlab chiqarish pedagogikasi, sport pedagogikasi, harbiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika va hokazo.
Ta’limning sinf-dars tizimi ham pedagogikaning maktabshunoslik sohasiga tegishli bo‘lib, maktabda ta’lim jarayonini tashkil etish tizi- midan iborat. Ushbu tizimda o‘quvchilarni yoshlariga va o‘qish muddatlariga qarab muayyan sinflarga ajratiladi. Bunda ham DTS talablari asosda ta’lim o‘quv rejasi va dasturiga muvofiq sinf-dars tizimida mashg‘ulotlar olib boriladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan pedagogik ta’limning asosiy maqsadlaridan biri tarbiyaga barkamol shaxs ma’naviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida qarashidir.
Yosh avlodni kelgusi hayotga barkamol qilib shakllantirish ruhiy va ma’naviy jarayonlarga bog‘liq. Pedagogika fanining asosiy maqsadi bo‘lajak tarbiyachi-o‘qituvchilarning ongli faoliyatida maqsadli tarzda o‘z ustida ishlash, intilish. Muntazam ravishdagi izlanish, tanlangan vosita va metodlardan foydalangan holdagi tarbiyachilik san’atini o‘rgatishdir.
Bu mazmun quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
• kadrlar tayyorlash milliy modelini hayotga joriy qilishdagi bosh muddao barkamol shaxsni shakllantirishning bir butun holatidagi muammolarni hal etish;
• ta’lim-tarbiya samaradorligini muntazam ravishda oshirib borish hisobiga uni jahon talablari darajasiga olib chiqish masalalarini hal qilishga ijodiy yondashuvni amalga oshirish;
• umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borishga imkoniyat yaratish;
pedagogik tadqiqotlarni kompyuterlashtirishga erishish, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyasining ilmiy-nazariy asoslarini yaratish.
7. Uzluksiz ta’lim tizimida bola tarbiyasi rivojining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish hamda barkamol avlodni shakllantirishga zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishish. Bunda mustaqillik mafkurasini insonlar ongiga singdirish usullari, shakllari, yo‘llari, vositalari va ularning axborotli ta’minotlarini ishlab chiqib, hayotga joriy etish orqali yoshlarda o‘zligini bilishi, o‘z-o‘zini boshqara bilishi, o‘z- o‘zini tarbiyalay olishi kabi xislatlarni takomillashtirish.
8. Pedagogik diagnostika va prognoztika yo‘nalishida ilmiy- tadqiqot ishlarini davr talabiga mos rivojlantirish. Bunda ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan samarali foydalanishga erishish.
9. Ta’lim-tarbiya tizimida modelli, modulli ta’lim texnologiyalariga keng o‘rin ajratish va ular asosida kompyuter uchun muloqotli ishchi dasturlar tayyorlab, kompyuterli tizimlar yaratishga erishish va ulardan ta’lim-tarbiyaning innovatsion xususiyatlarini vujudga keltirishda keng foydalanish.
10. Ta’lim-tarbiya jarayonida reyting-nazorat tizimiga katta e’tibor berish va bu jarayonlarni boshqarishni zamonaviy kompyuterlar zimmasiga yuklashga harakat qilish.
11. Uzluksiz ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya tizimining maqsadi, vazifasi va mazmunini zamonaviy davr talablari asosida tubdan isloh qilishga erishish.
12. Ta’lim-tarbiya tizimi metodologiyasini tubdan isloh qilish konsepsiyasini, komil inson modelini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish.
13. Ta’lim-tarbiya jarayoniga bir butunlikda qarab, unga «tizimiy yondashuv» tadqiqot usulini qo‘llashga erishish.
14. Tarbiyaning umumiy metodlarini takomillashtirish, sharq xalq- larining tarbiya borasidagi tajribalarini qo‘llash metodikasini yaratish, tarbiya mazmuni va metodini insoniylashtirish;
• pedagogika-tarbiyashunoslik qoidalarini. qonunlarini ilg‘or pedagogik tajribalar asosida boyitib borish, yangi metodlarni izlab topish va qo‘llashga doir tadbirlar ishlab chiqish;
• bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarni kasbiy va ixtisoslik tayyorgarliklarini talab darajasiga yetkazish masalalariga e’tibor qaratish;
• uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal etish.
PEDAGOGIKA fanining dolzarb muammolari:
1. Pedagogika fanini milliy pedagogika sifatida tarkib toptirish va uni jahon fanlari tizimida yuqori darajaga ko‘tarish.
2. Pedagogika fani milliy mafkura. kadrlar tayyorlash milliy modeli, taraqqiyotning «o‘zbek modeli» talablari va ilg‘or rivojlangan davlatlar ta’lim standartlari asosida innovatsion yondashuvlar bilan o‘z metodologiyasi va yo‘nalishlarini tubdan isloh qilish.
3. Pedagogika fanidagi tadqiqot saviyasi va uning metodologiyasiga innovatsion tus berish. ulardagi sifat o‘zgarishlari va samaradorlikni muntazam ravishda baholab borishga erishish.
4. Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda boshqa fanlarning ilg‘or yutuqlaridan foydalanishga erishish. shaxsni bir butunlikda o‘rganish va uni shakllantirish metodologiyasini yaratish.
5. «Pedagogika fanlari tizim va tarkibini takomillashtirish, ijtimoiy pedagogika sohasida oila pedagogikasi. ma’naviyat-ma’rifat pedagogikasi alohida fan sifatida tarkib topishi. Professional pedagogikada iqtidorli bolalarni tanlash va ularni o‘qitish, maktab, litsey, kollej, malaka oshirish, oliy va xususiy o‘quv yurtlari ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotining o‘zaro bog‘liqligi, pedagoglar ommasining erkin ijodkorligiga sharoit yaratish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish tizimini tarkib toptirish».
6. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta’limni texnologiyalashtirish: pedagogik texnologiya. ta’lim texnologiyasi, tarbiya texnologivasi, innovatsion ta’lim texnologivasi va shu kabilarni alohida o‘rganish, ular asosida innovatsion pedagogik texnologiya. zamonaviy pedagogik texnologiya va zamonaviy axborot texnologiyalarni ishlab chiqish orqali ta’limni hamda:
– istiqlol mafkurasi asosida yoshlarning milliy dunyoqarashini shakllantirish, o‘quv fanlarining aqliy kamolot imkoniyatini oshirish, sinfdan va maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya ishlarining o‘quvchilar dunyoqarashini tarkib toptirish darajasini oshirish;
– ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmunini takomillashtirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitish. Axloqiy tarbiyada sharq- ona namuna metodini qo‘llash texnologiyasini yaratish».
7. Kasbiy va mehnat tarbiyasining jamiyat, ishlab chiqarish, ilm- fan, texnika-texnologiyalar asosida rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
8. Iqtisodiy va ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanishga erishish va bunda ilm-fan yutuqlaridan muntazam foydalanib borish mexaniz- mini yaratish.
9. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yanada jonlantirish va yoshlarimiz g‘oyaviy ongida bo‘shliq hosil bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik meto dologiyasini yaratish.
10. Aqidaparastlik va terrorizm ta’siridan yoshlarimizni asrashda kasbiy-kompyuterli o‘yinlardan keng foydalanishga erishish, ayniqsa, kiberterrorizmdan yoshlarimizni asrash mexanizmini barpo qilishga keng imkoniyatlar yaratish.
11. Ijtimoiy va kasbiy pedagogikaning barcha sohalarini muntazam ravishda davr bilan mos holda takomillashtirib borishga erishish.
12. Ta’lim-tarbiya sohasidagi barcha xatti-harakatlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa shu kabi davlat me’yoriy hujjatlari asosida olib borishga erishish va hokazo.
Ushbu muammolar qatorini yana davom ettirish mumkin.
Ta’limning, o‘qitishning vazifasi, yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijobiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xohlagan kasbini tanlashi, uni mukammal egallab, shu sohada samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy-ma’naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo‘gini, turi va bosqichlarining o‘ziga xos vazifalari kelib chiqadi.
Ushbu ma’noda pedagogika fanining vazifalari quyidagilardir:
• Sharq va G‘arb xalqlari yaratgan. xalq og‘zaki ijodiyotiga asoslangan pedagogikani mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg‘or g‘oyalarini o‘rganib, tahlil qilib, barkamol shaxsni shakllantirishning qonun-qoidalari va zaruriy sifatlarini aniqlash;
• Pedagogika – tarbiyashunoslikdagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik muammosini ishlab chiqish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablariga amal qilish;
• ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va uslublarni maktab amaliy hayoti bilan bog‘ lab boiajak o‘qituvchilarga o‘rgatish;
• xalq ta’limini boshqarish va unga rahbarlik masalalarini chuqur o‘rganib, boiajak o‘qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini hal etish.
Maiumki, inson kamoloti, uning yashash davridagi muhit va tarbiyaga hamda o‘sha davrlardagi ongli faoliyatiga bog‘liq holda rivojlanadi. Bolalar juda yoshligidan boshlab kattalar yordamida tashqi muhit bilan turli xil aloqada bo‘ladi va asta-sekinlik bilan bu faoliyat ularning shaxsiy xususiyatlariga ta’sir etib, shaxs sifatida shakllanib boradi.
Umuman, pedagogik jihatdan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq qilib uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Rahbarlik qilinmagan faoliyat esa bir yoqlama bo‘ladi yoki salbiy rivojlanishga olib kelishi mumkin.
Fanlar tizimida pedagogikaning o‘rni va ahamiyati
Pedagogika fani tarbiya nazariyasi va dialektikaning uyg‘unligi asosida insonda bozormunosabatlarini shakllantirish, milliy-ma’naviy meros, an’analar, urf-odatlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbalari bo‘lgan tarbiya va ta’lim berish haqidagi tushuncha, bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilishda boshqa fanlar qatori o‘z o‘rni va aloqadorligi bor. Pedagogika falsafa, psixologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, sinergetika va informatika kabi fanlar bilan mushtarak holda rivojlanib kelgan.
Bugungi kunda bir qator umumiy masalalar ishlab chiqilganki, bu masala falsafada ham, pedagogikada ham barobar mavjuddir. Bular jumlasiga tabiat bilan boshqa ijtimoiy hodisalar orasidagi o‘zaro aloqalar: dunyoqarashni, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa munosabatlari; ta’lim jarayonining mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan gnoseologik masalalar va boshqa muammolar kiradi. Pedagogikaning aniq masalalarini ishlab chiqishda falsafaning sotsiologiya, etika (axloq-odob), estetika kabi tarmoqlari katta ahamiyatga egadir.
Insonning aqliy rivojlanish qirralarini, jihatlarini o‘rganadigan boshqa fanlardan farqli o‘laroq, pedagogika inson shaxsi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda pedagogika fani ko‘p tarmoqli fan sifatida namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, pedagogika fanlari tizimiga etnopedagogika. maktabgacha ta’lim pedagogikasi, kasbiy ta’lim pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, axloq tuzatish va mehnat pedagogikasi, jismoniy kamolot pedagogikasi, harbiy pedagogika, maxsus pedagogika: kar-soqovlar (surdo) pedagogikasi, ko‘rlar (tiflo) pedagogikasi, aqliy jihatdan orqada qolgan (oligofreno) pedagogika, logopedagogika, pedagogik mahorat kiradi.
Pedagogik fanlarning boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogika fani inson tarbiyasi bilan shug‘ullanganligi sababli, unga hamma fanlar ko‘maklashishi tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib ko‘rsangiz, u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, o‘sha fanning qonun-qoidalariga suyanadi. Pedagogikaning metodologik asosi bilan nazariyasi va tarbiyadagi qonun-qoidalari bevosita falsafa fanining ta’sirida amalga oshiriladi. Abu Nasr Forobiy «Tal-xisu navomisi Aflotun» (Aflotun qonunlarining mohiyati) asarida inson kamolotining falsafa fanining ta’sirida rivojlanishini shunday ko‘rsatgan edi: «Yaxshi fazilatga ega bo‘lgan shahar aholisi eng baxtiyor odam bo‘lishi, qonunlarga ixtiyoriy bo‘ysunishini ta’minlash uchun qonunlarni takomillashtirish, ulardagi qoidalarni mustahkamash zarurdir». Pedagogika psixologiya, mantiq, huquq va tibbiyot fanlaridagi qonun-qoidalarga bevosita bog‘lanadi. Pedagogika fanidan bolalarni davrlarga bo‘lish tizimini asoslashda anatomiya, fiziologiya, maktab gigiyenasi fanlarining ham o‘rni katta. Pedagogika ilmiy-tadqiqot metodlarini takomillashtirishda matematika, fizika, informatika fanlari bilan bog‘lanadi.
Mustaqil O‘zbekistonda milliy pedagogika fani bevosita iqtisod fani bilan bog‘lanib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik bilan amalga oshiradi.
YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra. hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bilan band bo‘lgan aholining yarmidan ko‘proq qismi ma’lumotlar yig‘ish. ishlab chiqish, qayta ishlash va tarqatish (uzatish) bilan shug‘ullanmoqda. Bunday muhim asosni fanlarning pedagogika fani bilan o‘zaro integratsiyasi, avniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalarisiz va innovatsion yondashuvlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni va uni olib borish uchun yaratiladigan axborot texnologiyalari va tizimarining yaratilishida intellektual salohiyatli barkamol avlodning ijodiy mehnati, izlanuvchanligi, tashabbuskorligi, yangilikka qiziquvchanligi va shu kabi innovatsion jarayonlarga kirib borish qobiliyati e’tiborga olinadi va bu jarayon rejalashtirilgan natijani qo‘lga kiritgunga qadar davom etadi. Bu biron ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilayotgan turli maqsadlardagi bilim berishning ilmiy-uslubiy yo‘llari bo‘lib, bilim olishning chegarasini va ilmiy tafakkurni ken- gaytiradi, fazoviy fikrlashni. ijodkorlikni va sezuvchanlikni (sinchkovlikni) rivojlantiradi.
2.4. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari. Metod haqida tushuncha
Metod (lotincha metodas – yo‘l so‘zidan) – tadqiqot yo‘li nazariy ta’limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» so‘zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo‘lini, tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o‘rganish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro uzviy bog‘liqdir.
Pedagogika fani o‘z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o‘rganadi. Umuman, pedagogika amaliyotida, o‘qitish usullari va metodlarining katta boyligi to‘plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o‘qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va boshqalar hisobga olinadi.
Ushbu ilmning ilmiy-tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan ichki yo‘llari, uslublari va vositalari majmuyi tushuniladi. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik to‘g‘ri tanlansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Ammo shuni ta’kidlamoq lozimki, ilmiy-tadqiqot metodlari tizimi hozirgacha fanda to‘la yaratilmagan, hal etilmagan.
Mavjud metod (usul)lar asosan quyidagilardir:
• adabiyotlarni o‘rganish metodi;
• kuzatish metodi;
• suhbat metodi;
• bolalar ijodini o‘rganish usuli;
• maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi;
• eksperiment – tajriba, sinov usuli;
• test sinovlari metodi;
• statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usuli;
• matematik va kibernetik usullar;
• sotsiologik tadqiqot metodi.
«O‘qitish metodi o‘qituvchi va o‘quvchilar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo‘ldir»,
– deydi professor R.A.Mavlonova. U o‘qish metodlariga quyidagi muayyan talablarni qo‘yadi:
1. O‘quv materialini o‘rganishning o‘qituvchi tavsiya etgan yo‘li.
fikrlashning dialektik-materialistik usuli, mustaqil qarashlarga, irodaviy xususiyatlar va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtai nazaridan metod tarbiyaviy tusda bo‘lishi lozim.
2. O‘qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo‘lishi zarur. Shundagina o‘qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo‘yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo‘lmasligini bila oladi.
3. O‘qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
4. O‘qitish metodining tushunarliligi: o‘qitishning yo‘li o‘quvchi uchun qabul qilinishi va qo‘llanishi, o‘quv materialini o‘rganishning usuli esa bilimlarni o‘zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
5. O‘qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.
6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e’tibor.
7. O‘qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.
Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko‘zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo‘yishni, unga erishish bo‘yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi va o‘quvchilarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida o‘quvchilar bilim, iqtidor va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, o‘z dunyoqarashini, tafakkurini va ma’naviyatini yuksaltirishga erishadilar.
Ta’lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblanadi.
Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika», K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmeti sifatida» asarlarida masalaga shunday yondashishni ko‘rish mumkin.
O‘quv-tarbiya jarayoni haqidajiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan emperik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.
Adabivotlarni o‘rganish metodi – pedagogik adabiyotlarni o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasiga va ma’naviyatiga doir adabiyotlar, O‘zbekiston Birinchi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, tadqiqot mavzusiga doir darsliklar. monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertat- siyalar o‘rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi.