banner banner banner
PEDAGOGIKA
PEDAGOGIKA
Оценить:
Рейтинг: 0

Полная версия:

PEDAGOGIKA

скачать книгу бесплатно


10. «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning qaysi moddasida «Kasb- hunar kollej o‘quvchilarining kasb-hunarga moyilligini mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni tanlagan kasblari bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan 3 yillik kasb-hunar o‘quv yurtlari» deb ta’kidlangan?

A)40-moddada B) 41 – moddada

D)42-moddada E) 43-moddada

11. «Tarbiyachi ustoz bo‘lishi uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar kabi buyuk fazilatlarni shakllantira olishga ega bo‘lishi kerak» degan fikrning muallifini aniqlang.

A)Abdulla Avloniy В) I.A.Karimov

D)Ushinskiy E) Komenskiy

12. o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

A)Ota-ona xohishiga B) O‘quvchilarning bilimiga

D) Bilim va kasbiy qiziqishga E) Jamoa fikriga

Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamoq bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Alisher Navuiy

2-MAVZU: PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT METODLARI

Reja:

1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya. O‘qitish, ma’lumot).

2. Pedagogika fanining metodologik asoslari.

3. Pedagogika fanining tarmoqlari. Fanlar tizimida pedagogikaning o‘rni va ahamiyati.

4. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.

Mavzuning maqsadi:

Pedagogika fanining maqsad va vazifalari, kategoriyalari, metodologik asoslari, tarmoqlari va uning ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma’lumot berish hamda pedagogika faniga qiziqishni uyg‘otish.

Mavzuning vazifalari:

– pedagogika fanining ijtimoiy ahamiyati, maqsadini yoritish;

– pedagogika fanining metodologik asoslarini ko‘rsatish;

– pedagogika fanining va boshqa fanlar bilan aloqalarini asoslash;

– pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlarining vazifalarini belgilash va hokazo.

Tayanch ibora va atamalar: pedagogika, tarbiya, ta’lim, ma’rifat. ma’naviyat, madaniyat, ta’limning milliy modeli, ma’lumot berish, o‘qitish, bilim, pedagogikaning asosiy funksiyasi, didaktika, xususiy didaktika, pedagogika tarixi, pedagogika nazariyasi, maktabshunoslik, oila pedagogikasi, maktab ta’limi pedagogikasi, umumiy pedagogika, maxsus pedagogika, oliy ta’lim pedagogikasi, xususiy pedagogika, defektologiya, qiyosiy pedagogika, milliy pedagogika.

2.1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya, o‘qitish, ma’lumot)

Pedagogika – tarbiyaning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir, Pedagogika – yunoncha, pais – bola, agogos – yetaklash – bola yetaklovchi ma’nosini anglatadi. Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarining cfzgarib borishi natijasida pedagogika (bolani to‘g‘ri hayotga boshlash san’ati) fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egalladi. Uning bosh muammosi tarbiyadir.

Inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda. qadriyatnomalarda, yozma yodgorliklarda, xalq og‘zaki ijodida, ilohiy va muqaddas kitoblarda asoslab berilgan bo‘lsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida o‘z mavqevini mustahkamladi.

Pedagogika fani ta’riflari to‘g‘risida har xil qarashlar mavjud.

«Pedagogika – tarbiya haqidagi ta’limot. tarbiyalash san’ati, tarbiya insonni shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat hamda ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fan. Pedagogika tarbiya va ta’lim sohasiga tegishli bilimlar yig‘indisi»;

Unda yosh avlodni va kattalarni tarbiyalash haqida bahs yotadi. Ta’riflarni umumlashtirib, pedagogika tushunchasini quyidagicha ifo- dalash mumkin (2.1.1 – shaklga qarang).

Ta’riflarda keltirilgan tarbiya, ta’lim va ma’lumotlar berish ter- minlari haqida qisqacha ma’lumotni keltiramiz:

1. Pedagogika fani tarbiya jarayonining qonuniyatlari tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi.

«Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi».

2.1.1-shakl. «Pedagogika» da ta’lim-tarbiya va ma’lumot hosil qilinishi.

Demak, tarbiya – ijtimoiy hodisa bo‘lib, insonning shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qadriyatdir. Tarbiya insoniyat bilan birga paydo bo‘lib, usiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham faoliyat ko‘rsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyat bo‘lib, u avloddan avlodga o‘tib boraveradi.

Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish ko‘zda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod, ezgulik, go‘zallik, yaxshilik, adolatga nisbatan qarash va ko‘nikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi.

2. Ta’lim – ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishdagi ikki yoqlama (ya’ni, o‘qituvchi va o‘quvchi fao- liyati) jarayon bo‘lib, u kishini shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.

Ta’limning boshlang‘ich (dastlabki) vazifasi ta’lim oluvchini o‘qitishdan iborat. Shuning bilan birga u oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ma’lumot berish vazifasini ham bajaradi.

O‘qitish tushunchasi insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisini o‘zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir.

O‘qitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo‘ladi.

2.1. «Ta’limning milliy modeli – O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini yangilangan sog‘lom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish. ta’lim-tarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual ma’naviy va axloqiy saviyasiga ko‘ra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish bo‘yicha belgilangan nazariy-metodologik. amaliy pedagogik yondashuvlar majmuyi. Ta’limning milliy modelida ma’naviy intellektual jihatdan barkamol shaxsning o‘z ijodi, qobiliyatini to‘la namoyon etishini ta’minlash ko‘zda tuti- ladi».

3. Ma’lumot berish – bu o‘rganilayotgan obyekt (ta’lim-tarbiya jarayoni, ta’lim-tarbiya oluvchi va h.k.)ning muhim xususiyatlari va xossalari haqidagi ma’lumotlarni ifodalash jarayoni bo‘lib, unda obyekt to‘g‘risida sonli va sifatli ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘ladi.

Ma’lumot berish – bunda nafaqat o‘qitish, balki o‘ziga mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida bo‘lish bilan birga, insonning ilmiy tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko‘zda tutiladi.

Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim. hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dun- yoqarashlar majmuyi.

Bilimlar-odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan va umumlashgan tajribasi. Ilmiy bilimlar obyektiv olamni ancha to‘g‘ri aks ettiradi. Ilmiy bilimlar doimiy emas. ular hammasi o‘zgarib, takomillashib boradi.

Bilimlar asosida o‘quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xoti- ra singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo‘ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g‘oyalar tizimi tarkib topadi.

Pedagogika fani tarbiyaviy va o‘quv ishlarning mazmuni, tamoyillari. ularni tashkil etish shakllari, usullari hamda yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Pedagogika fanining asosiy tushunchasi barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Pedagogika fanining asosiy faoliyati oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi harakatlar (jarayonlar) majmuyi.

Tarbiyalash va o‘qitish jarayoni (natijasi)da, odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxsni tarbiyalash va o‘qitish orqali o‘zida oldin bo‘lmagan ma’naviy intellektual sifatlarga ega bo‘ladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning intellektual salohiyatli bo‘lib yuksalishiga olib keladi.

Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida PEDAGOGIKA fani – falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtiso- diyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, pediatriya, matematika, informatika, sinergetika, mantiq, sun’iy tafakkur va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq fan sifatida faoliyat olib boradi.

Pedagogika fani nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlar- ning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, tahlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalaniladi.

2.2. Pedagogika fanining metodologik asoslari

Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat bo‘lib, u turli fanlar bilan uyg‘un holda qadim-qadim zamonlardan rivojlanib kelgan. Alloh yer-u osmonni, butun borliqni inson uchun yaratib, unga aql gavharini, tafakkur qili-sh qobiliyatini berdi. O‘zining mavjudligi, har bir ishga qodirligini, ilmda tengsizligini, mehr-muruvvatda beqiyosligini bildirdi.

Islomda ham dunyoviy ilmlarning barchasi Qur’oni Karim ta’limoti bilan bog‘liq va uyg‘un holda berilgan.

Qadimgi Yunonistonda Suqrot, Pifagor, Arastu, Aflotunlar g‘oyaga asoslangan, o‘zlarining inson kamoloti va tarbiya masalalari- ning falsafiy negizini yaratgan. Arastu «Iskandarga nasihatlari» da (U Iskandar Zulqarnaynning ustozi bo‘lgan va Iskandar ham o‘z navbatida Arastuni o‘z otasidan ustun qo‘ygan) insonni eng yuksak fazilati taqvodorlik, iymonli ilmli bo‘lishligini ta’kidlagan edi, ya’ni: «Taqvodorlik iymon vositasida kamol topadi. Iymon esa fikru andisha soyasida hosil bo‘ladi», degan edi.

Ilmda xosiyat ko‘p, chunki u, taraqqiyot kaliti, insonning qalb ko‘zidir. Bunda ilm aqldan quvvat olganligi sababli, aql ma’naviy haqiqatlari bilan insoniyat jamiyatining dunyoviy ishlarida intizom yaratadi. Bu haqda ulug‘ matematik va faylasuf olim Pifagorning quyidagi fikrlari fikrimizning isbotidir. Ular:

• «Donishmandlik nima?

Tartib-intizo‘llilik. Donishmand bo‘lay desang hamma narsani joy-joyiga qo‘y. O‘tkinchi shuhratdan oqil kishining kundalik ishidagi tartib a’loroq».

Yetuk shaxslarning (olimlar, donishmandlar, faylasuflar, yozuvchilar, shoirlar, qahramonlar, davlat arboblari va shu kabilar) hayoti va faoliyati ulug‘ ibrat, tarbiya sabog‘idir.

Hozirgi kunda ham ilm-fanning turli sohalari, shuningdek, fan, adabiyot, san’at, falsafa va boshqa sohalarda ijod qilganlarning ismi shariflarini yo‘qlash, qilgan ishlaridan foydalanish, insoniyatning og‘irini yengil qilganliklari ularni eslab, yod qilib turilishi nihoyatda ahamiyatlidir.

Shu sababli ham yuqorida ta’kidlaganimizdek, olim-mutafakkirlarimiz olamga mashhur bo‘lganlar. Ulardan ayrimlarining fikrlarini keltiramiz. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning «Arifmetika» asari boshlanishidagi fikrni keltiramiz: «Rahimli va mehribon Tangriga loyiq maqtovlar aytaylik, unga minnatdorchiligimizni bildiraylik va uni ko‘klarga ko‘tarish bilan maqtovini oshiraylik, unga ibodat qilaylik, toki, u bizni adolat sari boshlab, haqiqat yo‘lidan olib borish va bizga 9 ta raqamdan iborat hind hisobi haqida bayon etishga qilgan qarorimizga yordam bersin». Ya’ni, «Arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga oluvchi «Al-jabr va al-Juqobala hisobi haqida qisqacha xitob» ni ta’klif qildim, chunki meros taqdim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlash- da va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda va shuning- dek, yer o‘lchash, kanallar o‘kazishda, (amaliy) geometriya va boshqa shunga o‘xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir».

Abu Ali ibn Sino – «Shayx ur-rais», ya’ni «Olimlar boshlig‘i», «Tabiblar podshohi» no‘llariga sazovor bo‘lgan olim. Uning tarjimai holidan quyidagi fikrni o‘qishimiz mumkin: «Agar biror masaladan boshim qotib, qiyosda o‘rtacha ta’rifni topa olmasam, jome’ masjidiga borardim va namoz o‘qib, Yaratguvchiga yolborardim, natijada qorong‘u narsalar menga oydinlashar, mushkullar oson- lashar edi».

Abu Ali ibn Sino o‘zining quyidagi asarlari bilan ma’rifatimiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimiz tarixiga katta hissa qo‘shdi:

• Falsafa, tibbiyot va tabiatshunoslik sohalariga oid «Kitob al-qonun fit-t-tibb» («Tib ilmlari qonuni»); «Kitob ash-shifo‘ («Jonni saqlash kitobi»); «Kitob an-najot» («Najot kitobi»); «Kitob an-insof» («Insof kitobi») va shu kabi asarlar.

• Axloqqa va ma’rifatga oid «Risola fi ilm al-axloq» («Axloqqa oid risola»); «Risola fi fazilat an-nafs» («Nafsni pokiza tutish haqida risola»); «Risola fi al-ahd» («Burch haqida risola»); «Kitob an-insof» («Adolat haqida kitob») va shunga o‘xshash ta’lim-tarbiyaga oid boy asarlardan iborat ma’naviy merosni kelajak avlodga qoldirdi.

Buyuk davlat arbobi va ilm-fan homiysi, olim va o‘z davri ta’lim tizimining bosh islohotchisi, ma’rifatparvar inson, dunyoda birinchi hisoblash markazining tashkilotchisi Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatida ham dunyoviy ilmlar o‘qitilishiga katta e’tibor berilgan.

Ulug‘bek maktab va madrasalarda berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida mudarrislar, talabalar bilan rasad- xonada amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni talab etib, bu ishlarga bevosita o‘zi rahbarlik qilgan.

Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiya sohasida o‘sha zamonlarda, hattoki hozirda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan fikrlari pedagogika fani metodologik asoslarini tavsiflashda nihoyat- da muhimdir. Ya’ni. u ta’lim berish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish lozim, deb ta’kidlaydi:

• ta’lim oluvchini zeriktirmaslik kerak;

• talabalarga bilim berishda bir xil narsa va ma’lumotlarni doimo bir xil usulda o‘rgatavermaslik kerak;

• uzviylik va izchillik asosida mavzularni qiziqarli qilib o‘rgatish yo‘llarini kashf etib borish lozim;

• ta’lim berishda mashg‘ulotlarni ko‘rgazmali qilib borishga erishish kerak;

• talabalarning bilim olishida ularning ilmlarni egallashiga, tushunib harakat qilishni, ya’ni ijodiy intilishiga va qiziqishiga e’tibor doimo ta’lim beruvchining diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim.

Abu Rayhon Beruniy ta’lim-tarbiya jarayonida muhitning ahamiyatiga alohida e’tibor bergan va u, «barcha illatlarning asosini bilimsizlik tashkil etadi». degan fikrda qat’iy turgan.

Beruniy inson kamolotidagi omillarni quyidagi asosiy qismlarga bo‘ladi:

• ma’rifat va ta’lim beruvchining ilm-ma’rifatli bo‘lishi:

• ilm-fanni e’tirof qiluvchi muhit;

• ijtimoiy muhit va to‘g‘ri tarbiya;

• ta’lim beruvchining yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi.

Bular bugungi pedagogikaning metodologik asoslarini yaratishda

muhim ahamiyat kasb etadi.

Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida o‘rta asrlardagi qomusiy olimlar bilan birga, keyinchalik chex olimi Yan Amos Komenskiy, shveytsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestalotssi, nemis pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiylar katta his- sa qo‘shganlar.

Hozirgi kunda barkamol shaxs tushunchasi fuqarolik jamiyatini qurish, «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot yaratish» uchun fidoyi farzand bo‘lish tushunchalari bilan bog‘lanib ketdi. Biz endi alohida-alohida yetuk shaxslargina emas, balki barkamol avlodni

shakllantirishimiz va tarbiyalashimiz lozim. Ana shundagina barkamol avlodlardan, intellektual salohiyatli shaxslardan iborat jamiyatga ega bo‘lamiz. Bu borada Birinchi Birinchi Prezidenti miz I.A.Karimov «Turkiston» gazetasi muxbiri bilan suhbatida quyidagi qimmatli va ko‘rsatmali fikrni aytganlar: «Endi oldimizda nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa turibdi. Bu vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantirish, boshqacha aytganda, ozod, o‘z haq-huquqlarini yaxshi taniydigan, boqimandalikning har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladi- gan, o‘z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan komil insonni tarbiyalashdan iboratdir».

Demak, hozirda pedagogika fanining metodologik asosi tadqiqot metodlari, maqsad va vazifalari, yangi yo‘nalishlari, ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va metodlari hamda boshqa bir qator muammolar yangicha yondashuv, ya’ni milliy mafkura asosida yaratilishini taqozo etmoqda. Shuningdek, Prezitendimiz 1.A.Karimov o‘z risola, nutq va suhbatlarida ilgari surgan fikrlar, g‘oyalar, ana shu fikr va qarashlar asosida yaratilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari» ham pedagogika fanining metodologik asosi sanaladi.

Shu bilan birga pedagogika fanining ham o‘z ildizlari, sarchashmalari mavjud. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, moziyda ham bosh masala Inson, uni barkamol etib tarbiyalash bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Eng qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo‘lgan ta’limiy-axloqiy asarlarda ham amaliy masalalar tahlil etilganki, uning asosida inson shaxsini ma’naviy- axloqiy shakllantirish muammosi markaziy muammo sifatida namoyon bo‘lgan. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asaridan boshlab, Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Sa’diyning «Guliston», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» va boshqa juda ko‘p didaktik asarlarning har birini bir pedagogik darslik, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Biz ana shu asarlarga tayangan holda tadqiqot ishlarini olib borgan taqdirdagina, pedagogikaning ilmiy asoslarini boyitgan boiamiz.

Birinchi Prezidenti miz I.A.Karimov bu borada shunday degan edi: «O‘z- bekistonni yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:

• umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

• xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

• insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

• vatanparvarlik».

O‘zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda pedagogika fani va uning metodologik asoslariga bevosita bog‘langan holda, har bir pedagogik masalaga ijodiy, rivojlantiruvchi nuqtai nazardan yondashish zarurdir. Ana shunda mazmunan yangilanayotgan zamon talablari asosida shakl lanayotgan pedagogika – inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi zamonaviy metodlar va texnologiyalar hosil bo‘lgandagina haqiqiy milliy va zamonaviy tarbiyashunoslik faniga aylanishi muqarrar.

Bu borada Respublikamiz Birinchi Prezidenti ning quyidagi vazifaviy (ko‘rsatmali) fikri ahamiyatlidir: «o‘z-o‘zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalan- gan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demok- ratik jamiyat qurish yo‘lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifa- larni hal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega».

2.3. Pedagogika fanining tarmoqlari. Fanlar tizimida pedagogikaning o‘rni va ahamiyati.

Pedagogikada ta’lim va tarbiya jarayonlarining turli jihatlarini o‘rganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va bo‘limlar mavjud. Ular:

1. Didaktika – bu o‘qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shug‘ullanadigan soha. Didaktika pedagogikaning ta’lim jarayonidagi umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismidir. Didaktika yunoncha so‘z bo‘lib, «didasko‘ – o‘qitish, «didaskol» – o‘rgatuvchi, degan so‘zlardan kelib chiqqan.

Muayyan bir fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar, o‘sha

o‘quv predmetining umumiy jihatlarini muayyanlashtiradi va ularda o‘qitishning umumiy jihatlari namoyon bo‘ladi.