"Shoirlar iztirobdan tug'iladilar", degan barchamizga ma'lum iboraga zid o'laroq, O'rinoy Nur quvonchdan tug'ilganga o'xshaydi. Uning she'rlarida mamnuniyat hissi va erkalovchi ohang ustuvor. U o'z ichida va atrofida kechayotgan voqea-hodisalardan mantiq yasamaydi, shunchaki, dunyoga bolalarcha beg'ubor nigoh tashlaydi va dunyoni bolalarga yanayam beg'uborroq tushuntirib berishga harakat qiladi. «Yulduzcham» sizga manzur bo'ladi, degan umiddamiz, kichkintoy kitobxonlar!
все жанры