
Полная версия:
«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya
Bu borada o’qituvchi o’z kasbining oddiy va murakkab tomonlarining mavjudliga va unga kasbiy metodik moslashish masalalariga alohida ehtibor qaratishi, o’quv-tarbiyaviy va metodik faoliyati tizimlarini o’zaro mo’tanosibligiga yaqinlashtirish asosida qaraladi. Biz quyida o’qituvchining bilish faoliyatidagi moslashuvchanlikdan kasbiy-metodik yo’nalganlik va kasbiy-metodik moslashishga o’tishi to’g’risidagi E.F.Zeerning fikrlariga e’tibor qaratamiz.
Bo’lajak mutaxassislarning metodik tayyorgarliklarini o’rganishda ko’pchilik tadqiqotchilar asosiy e’tiborni o’qitish mazmuni, metodlari va didaktik vositalarni qo’llashga oid turli metodikalarga qaratadilar. Bularning barchasi, albatta, kasbiy-metodik faoliyatining turli tomonlariga ma’lum ta’sir ko’rsatadi. Lekin, mutaxassisning alohida sifatlari emas, balki ularning yaxlit shakllanishi maqsadlarini samarali amalga oshirish uchun, bilim va malakalarni shakllantirish tizimini, dunyoqarash, motivatsion doirasini, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishni ta’minlash, keyingi metodik faoliyatida bilim va malakalarni egallash jarayonini ob’ektiv mazmun bilan to’ldirish kerak.
E.G’oziev, A.S.Linda, Z.A.Reshetova va boshqa psixolog olimlarning fikricha, o’qituvchilar, shuningdek, o’qituvchilar ham formal bilimlardan qochishi va uni bartaraf etishda etishda quyidagi didaktik omillardan:
– muammoli va dasturli ta’lim elementlari;
– o’qituvchi tomonidan mustaqil ish rejasini to’zish, mahlumotnomalar bilan ishlash;
– ma’lumotlari to’liq bo’lmagan yo’riqnomalardan foydalanish qo’yilgan masalalarni yechishda jiddiy tahlil etishga to’g’ri keladi.
Texnologiya fani o’qituvchisining texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagogik faoliyati muntazam o’zgarib turadi. SHu kabi vazifalar yechimini topishda K. Davlatovning fikriga ko’ra, pedagogik malakalar tizimi mustaqil ishlarni bajarganlarida shakllanib boradi.
N.V.Kuzьmina o’zining tadqiqot ishlari natijalariga asoslanib, «Pedagogning metodik faoliyatidagi muvaffaqiyat loyihachilik, fikr almashish (kommunikativ), tashkilotchilik qobiliyatlari va ular bilan bevosita aloqador bo’lgan malakalar bilan tahminlanadi» degan xulosaga kelgan.
T.V.Kudryavtsev «Pedagogik faoliyat to’zilmasiga loyihachilik, tashkilotchilik, fikr almashish bilan birga axborotchilik, rivojlantiruvchilik, yo’naltiruvchilik, safarbar etuvchilik va tadqiqotchilik vazifalari”ni ham kiritishni taklif etgan.
O’qituvchidan bu vazifalarni bajarish uchun mahlum darajadagi bilim, ish-harakat usullari, shaxsiy fazilat va qobiliyatlar talab etiladi. Ular barchasi birgalikda o’qituvchining yaxlit kasbiy-metodik mustaqilligi asosini tashkil etadi.
O’qituvchi professiogrammmasini turli vaqtlarda ishlab chiqish bilan V.A.Slastenin, Yu.K.Vasilьev, U.N.Nishonaliev, N.F.Talizina kabi olimlar shug’ullanganlar.
Texnologiya fani o’qituvchilarining metodik moslashuvchanligini shakllantirishda mustaqil ta’lim tayyorlanish jarayonida bilimlar darajasi kengayadi, chuqurlashadi, mukammallashadi, turli hil sharoitlarda ulardan foydalanish imkonini beruvchi harakteriga ega bo’ladi.
Mustaqil ishlarning umumnazariy va tashkiliy-metodik masalalari G.I.Ajikin, B.P.Esipov, A.S.Linda, P.I.Pidkasistiy va ularning maslakdoshlari ishlarida o’z ifodasini topgan. Ushbu yo’nalishda mavjud pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili mustaqil ishlarga mualliflar turlicha nuqtai-nazardan yondashganliklarini ko’rsatadi.
V.I.Gusev, M.A.Danilov, O’.Q.Tolipov kabi olimlar talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini tarkib toptirishga yo’naltirilgan o’quv-bilish faoliyatini; B.P.Esipov, A.S.Linda, bilish faoliyatini individual, guruh, va ommaviy tashkil etish shaklini; I. Ya. Lerner, P.I.Pidkasistiy va boshqalar bilishga oid qiziqish va ehtiyojlarni rivojlantirish vositasini; SH.S.SHaripov va boshqalar mahlum shaxsiy sifatlarni shakllantirish usuli sifatida talqin etadilar.
Psixolog T.V.Gusьkova «Mustaqil ishlarni shaxsning bilish va ijodiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan muntazam o’quv faoliyati deb biladi. Bundan talaba shaxsining kasbiy-metodik faoliyatga moslashishini tahminlash uchun faqatgina maxsulli izlanuvchanlik, tadqiqotchilik, bunyodkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari zarur», degan xulosa chiqarish mumkin.
Texnologiya fani o’qituvchilarining texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish faoliyatini takomillashtirishda kasbiy-pedagogik moslashuvchanlik shakllanib boradi. Ushbu jarayonni shakllangtirishda mustaqil Ta’lim hamda mustaqil ishlarni tashkil etish alohida ahamiyatga ega.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «ЛитРес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.
Вы ознакомились с фрагментом книги.
Для бесплатного чтения открыта только часть текста.
Приобретайте полный текст книги у нашего партнера:
Полная версия книги
Всего 10 форматов