Читать книгу «Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya (Salim Madraximovich Otajonov) онлайн бесплатно на Bookz (2-ая страница книги)
bannerbanner
«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya
«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya
Оценить:
«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya

3

Полная версия:

«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya

Ta’lim muassasalari boshqaruvi yo’nalishida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik shart-sharoitlarini o’rganishga mamlakatimiz olimlari R.Jo’raev, M.Mirqosimov, , S.Turg’unov, N.Ahmedova, Q.SHodmonov, M.Yo’ldoshev/22-26/, shuningdek, MDH olimlari M.Gubanova, V.Gurov, Z.Kretsan, V.Lazarev, N.Nemova, T.SHamova, N.SHmirevalarning ilmiy ishlarida alohida e’tibor qaratilgan hamda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qituvchilarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ta’lim tizimi dars jarayonini, hususan, texnologikjarayonlarni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish va innovatsion Ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish muammolari tadqiq etilgan/27-29/.

Ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish masalalari mamlakatimiz olimlari A.Begmatov, J.Yo’ldoshev, H.Yo’ldoshev, M.Quronov, S.Turg’unov,  N.Ahmedova, M.Yo’ldoshev MDH olimlari O.Atlasova, Z.Berdnikova, Ye.Grishina, A.Nekrasov, Ye.Tonkonogaya va boshqalar tomonidan o’rganilgan/30-34/.

Respublikamiz  tadqiqotchilari R.Ahlidinov, R.Jo’raev, U.Inoyatov, S.Turg’unov va boshqalar, MDH olimlari  P.Anisimov, G.Bordovskiy, D.Gorbachevskaya, D.Kutyova, O.Nazarova, I.Pozdnyakova, M.Potashnik, L.Redьko, P.Tretьyakov, shuningdek, xorijlikolimlar B.Cole, E.El-Khawas, J.Goldberg, L.Harvey,  D.Westerheijden tomonidan umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish texnologiyalari ishlab chiqilgan, ta’lim sifati boshqaruvining o’zluksiz Ta’limda, shuningdek, malaka oshirish tizimida maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini takomillashtirish orqali ta’lim tizimining sifat va samaradorligini oshirish bo’yicha o’zaro aloqadorligini belgilaydigan omillar ilmiy asoslangan.

SHuningdek, ta’limda sifatni boshqarish, sifatni kafolatlashda   maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy Ta’limda sifatni baholash, ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ta’lim sifatini nazorat qilishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.

Mamlakatimiz olimlari E.Seytxalilov, SH.Qurbonov, SH.SHaripov, M.Yo’ldoshev, S.Turg’unov,  N.Ahmedova MDH olimlari Ye.Kolegova, E.Korotkov, V.Ko’rlov, I.Mazur, V.Fedorov, V.SHapiro va boshqalar, shuningdek, xorijlik olimlar Deborah J.Teeter, Edward Sallis, Franklin P.Schargel, H.James Harrington, Jeffrey J.Burgard, Lawrence A.Sherr, Marmar Mukhopadhyay, Ronald J.Fitzgerald vaboshqalarning tadqiqotlarida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli sohalarida, jumladan, ta’lim sohasida foydalanib kelinayotgan sifatni boshqarish mexanizmlari, shuningdek, malaka oshirish ko’rsi jarayonida o’qituvchilarni boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning omillari haqida fikrlar (sifatni boshqarishning baholashga asoslangan yondashuvi SWOT—tahlil, sifatning yalpi menejmenti—TQM tamoyillariga asoslangan kontseptsiya va ISO 9000:2000 xalqaro sifat standartlari talablariga asoslangan yondashuv)berilgan, ularning Ta’lim tizimidagi erishishi mumkin bo’lgan imkoniyatlari tahlil qilingan/35-42/.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda xalq Ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimida maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini takomillashtirish orqali ta’lim tizimining sifat va samaradorligini oshirish muammosi bo’yicha alohida tadqiqot predmeti sifatida o’rganilmaganligini e’tirof etish mumkin.

O’quv qo’llanmaning maqsadi umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fani darslarida texnologik jarayonlarini tashkil etish va ularni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning omilarini zamonaviy yondashuvlar asosida ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat bo’lib, vazifalari esa texnologiya fani darslarida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodik va psixo-pedagogik asoslari ishlab chiqish;

– texnologik ta’lim jarayonni tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning o’ziga hos yo’llari;

– texnologik ta’lim jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishda umumta’lim fanlari modullarini integratsiyasi.

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish tizimi modelini ishlab chiqish;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

O’quv qo’llanmaning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirish masalalarini ilmiy-metodik asoslari o’rganilgan va ishlab chiqilgan;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmini boshqarishni takomillashtirishning psixologik-pedagogik asoslari ishlab chiqilgan;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning mazmun-mohiyati metodik nuqtai nazardan tahlil qilingan va o’ziga hos yo’llari o’rganilgan;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari o’rganilgan va dars jarayonida foydalanish tavsiya etilgan;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishda umumTa’lim fanlari modullarini integratsiyalash masalalari tahlil qilingan;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish tizimining «modeli» ishlab chiqilgan.

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalalari o’rganilgan.

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari o’rganilgan.

Amaliy natijalari esa texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning mazmun-mohiyati mualliflik yondashuvi asosida pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va fan o’qituvchisining boshqarish mehanizmini takomillashtirishning o’ziga xos orqalilari, asosiy funktsiyalari, ta’lim sifati va samaradorligini aniqlash yo’llari o’rganilgan;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishda xalq ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida o’qituvchilarning boshqaruv faoliyatini takomillashtirish jarayonida kasbiy mahoratini oshirib borish mexanizmi yaratilgan;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishda xalq ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida sifatning yalpi menejmenti kontseptsiyasiga asoslangan sifat va samaradorlikni yanada rivojlantirish tizimi joriy etilgan hamda uni baholashning modeli, kvalimetrik shkalalari va algoritmi ishlab chiqilgan/43/.

Uquv qo’llanmaning mamlakatimiz va horijiy davlatlarda amalga oshirilgan pedagogika sohasidagi ilmiy tadqiqot metodlariga asoslanganligi, qo’llanilgan usullar va zamonaviy yondashuvlar, nazariy mahlumotlarning rasmiy manbalardan olingani, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligining matematik-statistik metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli to’zulmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izoxlangan. SHuningdek, ta’lim muassasasi rahbari va pedagog hodimlarning vazifalaridan kelib chiqib, texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqaruv faoliyati mehanizmini takomillashtirish asosida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning tizimli yondashuv texnologiyasini amaliyotga qo’llash samaradorligini keng miqyosda batafsil tashkil etilgan va o’tkazilgan tajoiba-sinov ishlari jarayonida o’z aksini topgan.

Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirish yuzasidan tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati, taklif etilgan modellarning tushintirish mehanizmi, ilmiy-metodik va psixologik va pedagogik asoslarning mavjudligi, ta’lim jarayonlarini zamonaviy yondashuv asosida tashkil etish, o’quv reja va dasturlarni takomillashtirish mehanizmlarini ishlab chiqish, ta’lim sifati va samaradorligi rivojlantirishda foydalanilishi bilan izohlanadi.

Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirish tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati umumiy o’rta Ta’limi muassasalarida, xalq Ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida o’qituvchilarning boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha mehyoriy-huquqiy hujjatlar va chora-tadbirlar dasturlarini tayyorlashda, uning mazmuni va sifatiga qo’yiladigan davlat talablarini ishlab chiqishda, tinglovchilarning malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringi mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Umumiy o’rta ta’lim maktab (UO’TM) larida texnologiya fanini o’qitishda texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va o’qituvchining boshqarish faoliyati mexanizmini takomillashtirish yo’nalishida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida UO’TMda texnolgiya fanida texnologik tahhlim jarayonini tashkil etish va o’qituvchining boshqaruv faoliyati mehanizmini takomillashtirish sohasidagi taklif va mulohazalardan O’zbyokiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat Ta’lim Standartlari (DTS) ni tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan «Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo’yicha malaka talablari»da belgilangan kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o’zini o’zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy kabi tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11—03/03-1293-sonli mahlumotnomasi). Natijada umumiy o’rta ta’lim maktablarida DTS iga muvofiq texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va o’qituvchining boshqarish faoliyati maxanizmini takomillashtirish yo’nalishida rahbar va o’qituvchilarning masuliyati va kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari belgilangan.

UO’TMda ta’lim-tarbiya jarayonlari sifat va samaradorligini tahminlash mexanizmlarini takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga oid mualliflik g’oyalaridan A1-XT-1-33147-raqamli «Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari» nomli amaliy (2012-2014 yillar) loyiha hamda F1-XT-0-020452-raqamli «Dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalarga nisbatan konstruktiv tahsir etishning nazariy va metodologik asoslari» fundamental (2012-2015 yillar) tadqiqot loyihalarida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11-03/03-1293-sonli mahlumotnomasi). Natijada, dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalar bilan ishlash hamda texnologik ta’lim jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorlikni oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan.

UO’TMda texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarishga umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarini tayyorlashga oid muallif takliflari va g’oyalaridan Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 10 avgustdagi «Xalq ta’limi tizimida o’zluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy-metodik xizmatni takomillashtirish to’g’risida»gi 258-sonli buyrug’i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi tizimida o’zluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish to’g’risida Nizom»ni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11—03/03-1293-sonli ma’lumotnomasi). Natijada UO’TMlari o’qituvchilari uchun o’zluksiz malaka oshirish (metodist-o’qituvchi tayyorlash) jarayonlarini strategik yondashuv asosida tashkil etish texnologiyalari joriy etilgan.

Shuningdek, O’zbyokiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi «O’zbyokistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 6108-sonli Farmoni, O» ЎЎzbyokiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi «» «Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo’llab quvvatlash hamda o’zluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida» Qarori asosida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqaruv faoliyati mehanizmini o’zluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish asosida tashkil etish masalalari o’rganilgan. Bu esa malaka oshirish ta’limining ichki va tashqi nazoratini amalga oshirishni yagona yondashuv asosida tashkil etish imkoniyatlari yaratilgan.

I-BOB. TEXNOLOGIK TA’LIM JARAYoNLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARUV FAOLIYaTI MEHANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY – NAZARIY ASOSLARI

O’quv qo’llanmaning «Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari» deb nomlangan birinchi bobida ta’lim jarayonlarini tashkil etishning boshqarish ob’ekti sifatida tavsiflangan. Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodik, psixologik va pedagogik asoslari hamda o’ziga hos hususiyatlari, shuningdek, ta’lim jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.

1.1.Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari

Jahon hamjamiyatining asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda o’qituvchining dars jarayonidagi boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashish zarurati tug’ilmoqda. Bu esa umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisidan yanada yuksak mashuliyat, o’z ustida mustaqil ishlash va doimiy malakasini oshirib borish bilan o’zining kompetentlilik darajasini muntazam ko’tarib borishni taqazo etadi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlardan ko’zlangan maqsadga erishishda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifalari qo’yilmoqda va bu vazifalarni ijrosini tahminlash hukumatning mehyoriy-huquqiy hujjatlarida o’z aksini tongan /44—49/.

Jumladan, umumiy o’rta Ta’lim maktablarida texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish bilan bog’liq ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida, jumladan London universiteti qoshidagi ta’lim instituti (Angliya), Kaliforniya va Ogaya universitetlari (AQSH), Vullongog universiteti (Avstraliya), Tokio pedagogika universiteti (Yaponiya), Moskva davlat universiteti boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazida olib borilmoqda.

Dunyo hamjamiyatida aks etayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning kontekistida (manzarasida) aks etishi orqali yuzaga keladigan kommunikativ munosabatlar, ahborotlarni o’zatish va qabul qilish hamda uni qayta ishlash bilan undan mahlum maqsadlarda foydalanish orqali inson omili bilan bog’liq bo’lgan masalalarning ilmiy-nazariy yechimlari aniqlanmoqda. SHuningdek, mamlakatimizning oliy Ta’lim tizimida professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy Ta’lim muassasalarida sifatni tahminlash mexanizmi yaratilgan (Bosh ilmiy metodik markaz, O’zbyokiston).

Hozirgi kunda ayrim mamlakatlarda jumladan, Moskva davlat universiteti qoshida boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazi faoliyat ko’rsatyapti, mamlakatimizda esa oliy ta’lim tizimida professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy Ta’lim muassasalarida sifatni tahminlash mexanizmi yaratilgan.

Lyokin, hech bir mamlakatning ta’lim tizimida oliy mahlumot beruvchi rahbar hodim tayyorlovchi ta’lim muassasasi mavjud emas. Mo’tahassis hodimning rahbarlik salohiyati o’zining ish faoliyati jarayonida jamoada shakllanib boradi. SHu bois so’ngi yillarda fan o’qituvchisi boshqaruv faoliyatining kompetentlik darajasini yanada yuksaltirish muammosini malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirishga alohida ehtibor qaratilmoqda. Ushbu muammoni bartaraf etishda o’qituvchilardan yuksak kasbiy salohiyat, pedagogik mahorat va insoniy fazilatlarga ega bo’lish talab etiladi. O’qituvchilarni malaka oshirish jarayonida boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarida bir qator ilmiy natijalar olingan /50—52/.

Yuqorida tahkidlab o’tganimizdek, ta’lim tizimida ham rahbarlar tayyorlaydigan oliy dargoh yo’q, natijada kechagi o’qituvchi bugun maktab direktori, keyinchalik esa tuman, shahar halq ta’limi bo’limi mudiri kabi lavozimlarni egallashi mumkin, lyokin unda faqatgina o’zidan oldingi ishlagan rahbarlar faoliyati bo’yicha tahsurotga ega bo’ladilar holos.

Bunday holatlarda malaka oshirish jarayonida o’qituvchining rahbarlik faoliyatini shakllanishi muhim ahamiyat kasb etadi, ayrim holatlarda fikrlash va dunyoqarashlarning o’zgarishi, tinglashni o’rganish, muammolarning mazmun-mohiyatini tushina bilishi, fikrlarga munosabat bildirishi, qaror qabul qilishdagi shahsiy munosabatlar mustahkamlanadi va ikkilanish holatlari chyokinadi.

Aslida o’qituvchining boshqaruv faoliyati dars jarayonida va mazko’r guruhga rahbarlik jarayonidan boshlanadi. Ushbu jarayonda o’qituvchining boshqaruv faoliyati yuzasidan dastlabki ko’nimalar shakllana boshlaydi.

Mahlumki, malaka oshirish tizimida fan o’qituvchisi – tinglovchi o’z mo’taxassisligi yo’nalishidan tashqari pedagogika, psixologiya, ijtimoiy-gumanitar va boshqaruv nazariyasiga oid fanlarni tinglaydi, hamda so’ngi yillarda fan va texnika yangiliklaridan habardor bo’ladi. SHu tariqa o’qituvchi fan o’qituvchisi va sinf rahbari sifatida mahlum darajada mahlumotlarga ega bo’ladi, shuningdek, tinglovchida o’qitishga bo’lgan mashuliyat va javobgarlik hissi ortadi. Bu esa o’qituvchining rahbarlik faoliyati kompetentligini yanada rivojlanishida asosiy omil sifatida hizmat qiladi.

Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchining boshqaruv faoliyatini takomillashtirishni yahni texnologiya fani o’qituvchisining kompetentlilik darajasini yanada rivojlantirish masalalarini o’rganish va tahlil etish maqsad qilib olindi.

Ushbu muammoni yechimini aniqlashda fan o’qituvchisidan texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning quyidagi ilmiy-metodik asoslarini bilishini taqazo etadi:

– zamonaviy bilimga ega o’qituvchi ta’lim jarayoni samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi unsurlarni bilishi va ularni bartaraf etish yo’llarini aniqlay olishi;

– har bir fanga tegishli modullarni integratsiyalash va ularning o’ziga hos hususiyatlarini bilishi;

– o’quvchilar bilim darajasini oshirish va ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada yuqori darajaga ko’tarishda o’quvchilarning tayanch kompetentsiyalari va fanga oid umumiy kompetentsiyalarning mazmun-mohiyatini bilishi;

– o’qituvchining hususiy va kasbiy kompetentsiyalarini bilishi va uni dars jarayonida tadbiq etishni bilishi zarur.

Mazko’r muammolarni ijobiy yechimini topishda texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda, dars jarayonini boshqarish faoliyati va kasbiy kompetentlilik darajasiga bog’liq. SHu bilan birga o’qituvchilardan o’z fanini bilish salohiyati, ijodkorligi va pedagogik mahoratga ega bo’lishi talab etiladi. SHuningdek, dars mavzusini bayon etishda innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, pedagogik va psixologik sifatlarga ega bo’lishi, shuningdek, zamonaviy talablar asosida o’quvchilar guruhi faoliyatini boshqarish kompetentligi darajasini yuqori bo’lishini bir qator olimlar tomonidan o’rganilgan /53—55/.

Ushbu tadqiqotlar texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchining boshqaruv faoliyatini shakllantirishning natijaviyligiga alohida ehtibor qaratilishi ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchining boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashishi, ta’limning sifati va samaradorligining uyg’unligini tahminlashi, ilmiy jihatdan kafolatlovchi asosiy takliflarni ishlab chiqish malakasiga ega bo’lishi, rahbar hodimlarni tayyorlashda fan o’qituvchisining ilmiy salohiyati, pedagogik mahorati va metodik qobiliyatini ehtiborga olish muhim omil sifatda ehtirof etiladi.

1.2.Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning psixo-pedagogik asoslari

O’qituvchi o’quv mashg’ulotida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish, boshqaruv faoliyatini mexanizmini takomillashtirish, subьektning kompetentligi darajasini kundalik faoliyatda amaliyotga qo’llay olish qobiliyatlariga oid ilmiy tadqiqotlar natijalari hozirgacha mahlum bir tizimga keltirilmagan. Buni ko’p sonli misollar tasdiqlaydi. Masalan, nazariy bilimlarni yaxshi o’zlashtirgan talabalar amaliy faoliyatda duch keladigan texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish harakteridagi masalalarning mohiyatini tushuntira olmaydilar. Bu holat nazariyani amaliyot bilan o’zviy bog’lab o’rganmaslik oqibatida kelib chiqadi. ta’lim mazmunini loyihalashdagi kamchilik va nuqsonlar oqibatida talabalar amaliyotdan ajralib qolgan, normal hamda yaxlit bo’lmagan shakldagi bilimlarni egallaydilar. Talabalar bilimlarining formal ekanligini yana bir sababi ko’pchilik holatlarda ularning tayyor holda, mohiyatini tushunmay, mexanik ravishda o’zlashtirilishidir. Bunday bilimlardan faqat standart holatlarda foydalanish mumkin, ammo o’zgargan (nostandart) sharoitda ulardan foydalanish muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Hozirgi paytda texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish malakasiga ega bo’lgan va boshqaruv qobiliyatini biladigan o’qituvchilarini tayyorlashning qiyosiy tahlil, ijtimoiy anketa so’rovlari natijalaridan ko’rinadiki, bu borada mahlum darajada ziddiyatlar mavjudligi ko’rsatmoqda.

Jumladan, oliy pedagogik ta’lim muassasalarida nazarda tutilgan DTS talablarining mazmun-mohiyatiga maktab tomonidan qo’yilayotgan yangi, zamonaviy talablar bilan bo’lajak pedagoglarga va ysh mutahassislarga kasbiy-metodik ta’lim berishga yondashishning yetarlicha nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqilmaganligi;

– fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy mutaxassislarga qo’yadigan talablari hamda umumiy o’rta ta’lim tizimi o’quvchilarining tayanch bilimlari darajasi yetarli emasligi;

– texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishga qo’yilgan talablarning kuchaytirilishi, mustaqil o’rganish faoliyati va ularni tashkil etish bo’yicha kompetentlik darajasining yetishmasligi;

– ta’lim tizimining ko’p jihatdan reproduktiv orqaliga ega ekanligi va oliy pedagogik ta’lim muassasasi bitiruvchisi-bo’lajak o’qituvchining pedagogik moslashuvchanligini shakllantirishga individual-ijodiy yondashish zarurligi;

– o’qitish jarayoniga mavjud qarashlar va jamiyatning kasbiy ta’lim rivojlanishiga qo’yadigan zamonaviy talablari o’rtasidagi farqning mavjudligi;

– o’qituvchining kasbiy faoliyatiga bo’lgan talablardan kelib chiqib maktabning ijodiy fikrlovchi, ijodkor, pedagogik maxoratga ega bo’lgan o’qituvchiga ehtiyoji borligi;

– yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etilishida bayon etilishi lozim bo’lgan mavzuning mazmun-mohiyatiga mosligi tanlash muammosining mavjudligi;

– o’qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalariga bo’lgan ehtiyojning o’sganligi an’anaviy metodlar o’rtasidagi farqlarning ortayotganligi;

– ijodkor o’qituvchilar faoliyati natijasida paydo bo’lgan o’qitishning ta’lim texnologiyasining sifat ko’rsatkichi bilan ularni baholashdagi eski metodlar o’rtasida farqning mavjudligi.

Yuqorida zikr o’tilgan farqlarni yo’qotish, texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishning va o’qituvchining boshqaruv faoliyati har tomonlama rivojlanishi, texnologik ta’lim jarayonining maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari o’rtasidagi mustahkam bog’liqlikni ta’minlay oladigan mutaxassis tayyorlashni vazifasini hal qilish zarur.

SHuningdek, texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish faoliyati mehanizmini takomillashtirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda salohiyatli, ijodkorligi, mahoratli, novator va turli hil konstruktiv-loihalarning yechimlarini, shuningdek, tashkiliy-iqtisodiy yechimlaridan foydalanishni biladigan fan o’qituvchisiga bo’lgan ehtiyoj muammosi o’z yechimini topish kerak.

bannerbanner