Mixail Lermontovning «Zamonamiz qahramoni» qissasi o'quvchini haqiqatda o'ylatadi. Asar insoniy munosabatlar – do'stlik, muhabbat, sadoqat va xiyonat, axloq qoidalari ustiga qurilgan. Bosh qahramon – Zamonamiz qahramoni, ya'ni Pechorin ijobiy obraz emas, ammo uning aniq bir xislatini odamiylikdan mutlaqo yiroq, deb baholashimiz ham o'rinli emas. Zamonamiz qahramoni – yozuvchining o'zi e'tirof etganidek, odamlarni qusurdan davolash uchun zarur bo'ladigan «achchiq dori, o'tkir haqiqat». Pechorin bizning oramizda, bir havodan nafas olayotgan tanishimiz yoki qo'shnimiz. Uning illatini oshirib, muqarrar jazoga ro'para qilish insoniylikka qanchalik xos? «Dardning qanday dard ekanligini ko'rsatib berishning o'zi kifoya, uni qanday davolashni Xudo biladi».
все жанры