Mazkur kitobda o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim rol o‘ynagan Surxon vohasi va uning bir bo‘lagi Sho‘rchi hududida kechgan tarixiy voqealardan lavhalar berilgan. Jahon sivilizasiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan Kushon davlati va uning siyosiy, iqtisodiy va ma'muriy markazi hisoblangan Dalvarzintepa tarixi, o‘rta asrlardagi iqtisodiy-siyosiy ahvolyoritilgan. Shuningdek, Buxoro amirligi, sovet tuzumi va mustaqillik yillarida ushbu hududda sodir bo‘lgan voqealar hamda amalga oshirilgan ishlar xolisona bayon etilgan.Kitobdan umumiy o‘rta ta'lim, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda professor-o‘qituvchilari, shuningdek, O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchikeng kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.
все жанры