Читать книгу Hadi. O’zbek tilida (Sardor Kurbanov) онлайн бесплатно на Bookz (2-ая страница книги)
bannerbanner
Hadi. O’zbek tilida
Hadi. O’zbek tilida
Оценить:
Hadi. O’zbek tilida

3

Полная версия:

Hadi. O’zbek tilida

O’sha aytilganidek, yashashni o’zi bir baxt, shu yashab turgan bir paytda har xil «negativ’ narsalarga berilish bu, hayotdagi jamiki o’zgarishlarni, go’zalliklarni ko’rishga halaqit beradi. Hatto shu hayotda bo’lib turadigan tashvishlarni ham ko’rish hayotning bir go’zalligi deb bo’midiyu, lekin shularsiz go’zalliklarniyam ko’rib bo’midi, bu haqiqat. Sovuqdan tashqari issiqlik borligini va issiqlikdan tashqari, sovuq borligini bilish uchun ikkalasini ham qanaqaligini ko’rish kerak. Tan olish kerak, hayotda yomon kunlar ham bo’ladi, hayot shunisi bilan hayot, Hudo bu narsalarni sevgan bandasiga beradimi, sevgan bandasini har xil narsalardan ehtiyot qiladimi, bu narsa baribir berilgan, albatta shu bilan birga, baxt ham berilgan va bu chegarasiz holda. Qorong’ilikdan ko’ra yorug’lik ko’p va buni hamma biladi, bilib turib, azgina o’tkinchi tashvishga berilib, baxt degan tushunchani unutib qo’yishadi. Buni eslashadi, qachonki, shu tushuncha ularda mehmon bo’lsa, undan keyin yana «negativ’ mehmon bo’lsa, shu oqim tomon ketishadi. Oqim qaysi tarafga oqizsa shu tarafga qarab olg’a, o’zlari fikrlab boshqa tomonni o’ylab ko’rishmaydiyam, balki ba’zida oqimga qarshi suzish to’g’ri bo’lar, iloji yo’qdek tuyulsa ham. Xo’p mayli, «negativ’ga ko’milib qoldi deylik, lekin bu degani hayot tugadi deganimasku, hayot qachon tugidi, qachonki nafas olishi tugasa. Ungacha esa yashashni o’zi bir baxt, shu dunyodagi go’zalliklarni ko’rib turganini o’zi bir yaxshi yashash, albatta o’tkinchi bo’lsa ham yoki hammasini o’zini chegaralangan vaqti bo’lsa ham, yaxshi yashashga bular halaqit bera olmaydi.

Inson hech bo’lmaganda, bir marta bo’lsa ham, o’z umri davomida nafas olib turgani uchun minnatdorchilik bildirishi kerak. Mayli kimdirlar noshukrlik qilishar, lekin shuni ham bir analiz qilib o’ylab ko’rish kerakki, o’sha noshukrlik bilan shug’ullanayotgan insonlarga nisbatan, boshqalarda hatto shunaqa noshukrlik qilishga bunaqa imkoniyat ham yo’q, ya’ni noshukrlik qilayotgan insonlar hatto noshukrlik qilish imkoniyatiga, shu daqiqalarga egaligi uchun ham minnatdorchilik bildirishlari kerak. Bu haqiqatni anglashni o’zi bir, yaxshi yashash hisoblanadi. Balki kimdirlar o’ylar, bunaqa chiroyli gaplar ortida ma’no bo’lmaydi deb, lekin, biroq, agar ortida ma’no bo’lmaganda, bu gaplar bunaqa chiroyli bo’lmasdi. Shuning uchun ham hayotni chiroyli qilishga harakat qilish kerak. Bu chiroyni paydo qilish uchun esa, to’g’ri yashash kerak, a bu uchun esa nima to’g’ri, nima noto’g’ri, nima soxta yo nima haqiqiyligini ajratishni bilish kerak. Bu juda ko’p narsani talab qilmaydi, talab qiladigani, shunchaki, azgina fikrlash va tamom. Bir tomondan lekin, birlashib yashash ham, yaxshi yashash alomatlaridan hisoblanadi. Chunki bu to’g’ri qaror hisoblanadi va aytilganidek, to’g’ri qaror ham, yaxshi yashash alomatidir. Yana misol ko’rinishida aytiladigan bo’lsa, bitta shag’am olinsin, bitta shag’amni o’zi, o’ziga belgilangan darajada masofa yoki joyni yoritadi, endi esa ularni 4—5 tasi, 50—60 tasi, 100 tasi yoki undan ham ko’pichi? Albatta, qancha ko’p bo’lsa, yorug’lik ham shuncha ko’p bo’ladi. Va yana albatta, bu yorug’lik, faqat bittasi uchun chegaralanib qolmaydi, boshqalar uchun ham bo’ladi. O’zi o’sha shag’amlarni vazifasi, zulmat, qorong’ilik ichida yoritilish, yoritib turish, shuni ham insonlarga o’xshatsa bo’ladi, agar o’ylab ko’rilsa, o’xshash tarafalari topiladi.

Agar insonlar o’z tabiatini o’zgartirishsagina, o’zlariga yaxshilik qilgan bo’lishadi. Bu yerda albatta, boshqa «obraz”ga kirib yashash ma’nosidamas, shunchaki qilishlaridan kerak bo’lganidan bittasi, to’g’ri qadam bo’lishi kerak bo’lgan joyda noto’g’risini qo’ymasliklari kerak, balki zarur. Ba’zida ulardan talab qilinadigani shu, lekin ular teskarisini qilishadi va yana savollar bilan nafaqat o’zlarini, balki boshqalarni ham boshlarini qotirishadi. Agar to’g’ri ishni, to’g’ri vaqtda, to’g’ri qilishsa hayotda o’zlarini savollari sal kamayardi. Va shu narsa, ularni baxti uchun xizmat qiladi. Yana va yana, misol tariqasida, kimdir yordam qo’lini cho’zsa yoki oddiy bir maslaxatni qabul qilisha olishmasa, bu yomondanam battar yomon. Keyin yana insonlar bir – birlari bilan soxtalikmas, samimiylik orqali murojot qilishsa, hozir yashayotgan olam jannat bo’lardi, faqat shu yerdagisi bo’lardi. Oldin aytilganidek, soxtalik bu vaqtinchalik hisoblanadi, samimiylik esa abadiyat sari qo’yilgan qadamdir. Uni shunaqa qilib tasvirlashni o’zi ham yetadi, ortiqcha bezaklarsiz. Bu yerda lekin birlashib yashash kerak degan gap shartmas, chunki samimiy yashashni o’zi birlashish uchun kerak bo’lgan narsa, ya’ni buni unaqasigayam o’qisa ham, bunaqasigayam o’qisa ham, bir xil ma’no beradigan so’zlar deb tassavvur qilsa bo’ladi. Qancha birgalikda yashashga harakat qilgani bilan, ichi qoralik, dushmanlik, soxtalik bilan yashasa, foyda umuman nol, nol esa ko’rinishga ega bo’lgani bilan o’zi yo’q degani. Foyda qachonki, tabiiy narsa bo’lsa bo’ladi va o’sha insonlarning ichlarida yashiringan samimiylik esa, xuddi o’sha tabiiy narsa hisoblanadi. Va, bu tabiiy narsa boshqa bir tabiiy narsalarni hosil qilishga qodir, qiziq tuyulsa sinab ko’rish mumkin. Qayerda bo’lmasin, hamma yerda inson boshqa bir chetdan, uzoqdan, lekin asli o’zi yaqin bo’lgan va hatto bo’lmagan insonga muhtoj bo’ladi, ya’ni bo’lib yashaydi, bu fakt. Insoniyatning tabiati shuni talab qiladi.

Shu kungacha bo’lgan hayotdan ko’ra, agar inson zoti to’g’ri yashashga amal qilsa, undan ham zo’riga erishishadi, e’tibor berilsa, shu yerda ham insonlar ko’plikda nomlanyapti. Bu kimdirni qo’lidamas, bu har bir insonni qo’lida. To’g’ri balki, gapirishar, faqat to’g’ri yashagan bilan hayot yaxshi bo’lib qolmidi deb, balki bu to’g’ridir, bu ham har bir insonni qo’lida. Yana boshqa misol, bu safar boshqa «avtor’lik misoli ko’rinishida ham bu narsani bilib olsa bo’ladi, gaplar to’g’riligini. Kim bo’lsa ham, to’g’ri diyishdan boshqa iloj yo’q. Xullas, bir kun bitta odam Hudodan jannat bilan do’zoxni ko’rsatishini, nima farqi borligini iltimos qilib so’rabdi. Hudo uni bitta honaga olib borib, kirg’izib ko’rsatibdi, u yerda katta dumaloq stol va stolni ichida katta kosada ovqat bor ekan, atroflarida esa odamlar o’tirishgan ekan va ularni qo’llariga kattalik qiladigan, uzun qoshiq berib qo’yilgan ekan. Har qancha ovqatni olib yeyishga harakat qilishmasin, o’xshamas ekan, chunki qoshiq juda uzun ekan va odamlar uni yeyish tugul, og’zini oldiga olib kelishi «muommo» ekan. U yerdan chiqishibdi va ikkinchi honaga kirishibdi. U yerga kirib ko’rishsa, o’sha manzara, katta stol, o’rtasida katta kosada ovqat, stol atrofida odamlar, qo’llarida uzun qoshiqlar. Hudoni yonidagi odam, shoshilib so’rabdi, qani jannat, qani do’zox, ikkalasi ham bir xil manzaraku deb. Shunda Hudo yaxshilab qara, deb yana o’sha tomonga qaratibdi. Qarasa bu gal odamlar bemalol ovqat yeya olishayotgan ekan, albatta o’zlarimas, bir – birlarini to’ydirib, ovqat yedirib o’tirishgan ekan. Keyin Hudo aytibdi, birinchi ko’rganing do’zox, bu esa jannat deb. Bu yerda xulosa, shundoq ko’rinib turibdi. Qo’shimcha sifatida aytish mumkin, samimiylik, birlashish, bir – birini yolg’iz qoldirmaslik, «egoist”likni o’ylayvermaslik va xullas va xullas. Hatto hayotda ba’zi bir insonlar uchrab turadi, o’sha umuman tushunmasdan qo’lidagi qoshiqni ayblashadi, uni ushlab turgan qo’llarnimas, uni boshqarib turgan ongnimas, muddo qilib aytganda o’zinimas.

Balki ba’zilar hisoblagandek, taqdir oldindan yozilgan bo’lar, lekin, bu fakt deganimasu. Aytilib turganidek, ba’zilar hisoblagandek. Insonalarga kichkina sabab berilsa bas, boshlashadi har xil savollar bilan o’zlarini qiynab. Albatta hamma ham unaqa emas, shunaqalar bo’ladi, yangi umid, yangi ishonch, yangi chidamlilik va boshqa yangi hayotni yaxshilashga qodir narsalar bilan yashashadi, bu narsalarni keyingi «round’ga ham tayyorlab qo’yishadi. Ha, hayotda «round’ lar ko’p, mayda narsalarga taslim bo’lmaslik kerak. Hayot shunisi bilan hayot. Unda yosh to’kish balki kerakdir, biroq bunga o’zining berilgan vaqti bor. Baxt, degan abstrakt bo’lsa ham, shu tushuncha tomon yugurishmasu, lekin yurish kerak, ja bo’lmasa emaklash kerak, asosiysi harakat, harakat bo’lgandan so’ng «progress’ yuzaga keladi. «Progress’dan so’ng yana «progress’, to’g’ri ba’zida qarama – qarshisi ham bo’lib turishi mumkin, lekin bu kutilgan holat, chunki bunaqa minuslar har doim, hamma yerda uchraydi. Hayot shunisi bilan hayot.

Savol, sarob hayotda yashagan yaxshimi yoki shu sarobni haqiqatga aylantirganmi??? Albatta bu ham, har bir insonni qo’lida. Sevgini kimdir yomonlasa, kimdir yaxshilaydi. Odamzodning psixologiyasi shu. Shu kungacha har xil savollar berilgan, albatta shu tuyg’u haqida, sevgi o’zi yaxshimi yoki yomon? Sevgi o’zi bormi? U kerakmi? Nima u va shunga o’xshash savollarni misollar qilsa bo’ladi. To’g’ri, bu savollar boshqalar tomonidan o’rtaga ancha oldinlari ham tashlangan, tashlanib kelyapti, buyog’iga ham tashlanadi. Ha, siyqasi chiqib ketishga ulgurib bo’lgan savollar deyish mumkin, lekin boshqa ko’rinishdagi javoblar zarar qilmaydi. Ba’zilar sevgi bu baxt diyishsa, ba’zilar azob diyishadi, balki ikkalasidir, balki bir vaqtni o’zida ikkalasi, hammasidir. Bu tuyg’u abstrakt tuyg’u ekanligi ma’lum. Bunaqada boshqa ta’rif kelib chiqadi, ko’rinmasdan turib, ko’rinadigan darajada baxtli yoki baxtsiz qiladigan tuyg’u. Ha, bu tuyg’uni ko’rib bo’lmaydi, ushlab bo’lmaydi, ammo juda yaxshi va juda yomon his qilsa bo’ladi. Agar insonlar, «bu bizga bog’liqmas’ diyishsa, ular yana bitta hato egasi ekanliklarini isbotlab berishadi. Axir tepadan insonlarga, san baxtli bo’lasan, sani sevging o’xshamadimi, demak o’zingni o’ldir, sani sevgiling sani tashlab ketishi kerak va shunga o’xshagan har xil buyruqlar kelmaydiku. Har bitta inson, o’z hayoti, o’ziga havola qilinib yaratilgan. Buni ular qabul qilishlari kerak, qabul qilmasa shu boshqa g’oyalarni ketidan yashashda davom etishadi, albatta bu g’oyalar yaxshi bo’lsa, uyog’i ham yaxshi, teskarisi bo’lsa, teskarisi bo’ladi. Bunaqa haqiqatlarni tushunishga, insonlar o’zlarini o’ldirishlari shartmasku. Odamzodning tabiati ba’zida, noto’g’ri programmalashtirilgan kompyuterga o’xshab ketadi, noto’g’ri programmalashtirish orqali boshqa narsalar ham noto’g’ri yechilib, noto’g’ri yakun topadi. Albatta, bu programmalashtirish Hudo tarafdan emas, U programmalashtirishni a’lo darajada qilgan. Odam zotining o’zlari shu yerda, shu olamda alohida programmist hisoblanishadi. Noto’g’ri olingan narsalarni, ya’ni bilim, dunyoqarash, fikrlash va hokozo, deb «Тупизм» (jinnilik) ga duchor bo’lishadi.

Bu faqat sevgidamas, boshqa sohalarda ham ko’rinadi va huddi shu ahvol takrorlanadi. Bu yerda ham bu tuyg’uni, ya’ni o’sha sevgi, muhabbatni o’zida his qilishi uchun, boshqa tushuncha, ishonch kerak bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, bitta inson shu boshqa insonni yoqtirib qoladi, albatta ba’zilari bitta ko’rishda, ba’zilari asta – asta, nima bo’gandayam buni aynan shu tuyg’u ekanligiga ishonishadi va ba’zida ba’zilari noto’g’ri qilishadi. Ba’zilar usiz hayot yo’q deb ishonishadi, e’tibor berish kerakki, bilishmaydi, shunchaki ishonishadi. Ishonch bu yaxshi narsa, lekin uni to’g’ri yo’naltirishni bilganlargina yana shu kuchga ega bo’lishadi. Shuni ham aytish kerakki, bilib turib ishonish boshqa, bilmasdan turib ishonish boshqa, to’g’ri unda ishonch nimaga kerak unda? degan savol paydo bo’lishi mumkin. Ammo javob, o’sha ishonchni to’g’ri yo’naltirishni bilish kerak. O’sha boshqacha fikrlashli insonlarga ham savollar bor, nega ularga har doim sodiq va muvaffaqiyatli bo’lgan tuyg’uni yo’q qilishlari kerak? Nega ishonchni ishonchini suviste’mol qilishlari kerak? Nega bitta abstrakt tuyg’uni deb, boshqa abstrakt bo’lsayam, o’zlari uchun ancha qadrli narsadan voz kechishlari kerak? To’g’ri endi ham, bunaqa darajadagi yomon voqealarni rivojlanishigacha boravermaydi, ba’zilaridir, lekin, bunaqa ko’rinishda ketaversa, bu ba’zilardan ko’proq ham bo’lib ketishi mumkin. Mumkin deyilganini sababi, har doim umid bor yaxshilashga degani, faqat bu ham shu insonlarning qo’llarida. O’zini o’zi o’ldirish shartmi? Butun umrini nimadandir quruq qolganday o’tkazish shartmi? Azob chekishga o’zini majbur qilish shartmi? Bitta narsaga bog’lanib qolishi shartmi? Javobi oddiy, shartmas. Ishonch borasida gapiriladigan bo’lsa, o’sha bittasi uchun berilgan yo atalgan ishonchni, boshqasi uchun ham atash mumkin. Bu yerda ham ishonchni roli bor. Kimdirlar hamma ham bir xilmas, hamma har xil, degan gapni o’rtaga tashlashi mumkin, to’g’ri hamma har xil, hamma bu dunyoda o’zining «original’ ligi bilan bir – biridan ajralib turishadi. Lekin ishonch hammada bir xil, ishonch bilan faqat bu tuyg’uni «nazorat’ qilsamas, boshqa narsalarga ham erishsa bo’ladi. Bu yerda ham, o’sha abstrakt bo’lsa ham, qudratli kuchga ega va qudratli kuchga erishtiradigan «ishonch’ degan narsa kerak.

Bu yerda hech kim, yaxshi ko’rish, sevish, sevilish mumkin emas demoqchimas, mayli sevilsin, sevsin, baxtli bo’lsin, hohlasa baxtsiz bo’lsin, shunchaki bu ish ham to’g’ri bajarilsin deyilyapti, ahmoqgarchiliklarsiz, jinnichiliklarsiz va shunga o’xshashlarsiz. Bu hech qanaqa aql o’rgatishmas, bu shunchaki maslaxat berish. Sevgini, muhabbatni bu hayotda mavjud deb olinsa ham, u har xil qurbonliklar talab qilmaydi, shunaqa deb yozib ham qo’ygani yo’q, balki talab qilar, faqat shu har xil aqlsiz, ahmoqona qaror va jinniomus qadamlarsiz. Buni tushunish uchun, odamzodga yillar, asrlar kerakmas, daqiqani o’zi yetadi.

Shu faqat vaqt degan narsa to’xtab turmidi, u hech qachon batareykasini kuchi qochmaydigan soatdir. Vaqtni bitta ayanchli, yomon qoidasi bor, bitta o’tib ketgan lahza boshqa qaytib kelmaydi. Shunisi bilan u o’zining vaqt obro’sini saqlab kelgan, saqlayapti va saqlaydi ham. U insonlarni ko’p narsaga o’rgatishi mumkin, agar insonlar shuni hohlasa, insonlarga buning uchun shunchaki «hafsala’ degan tushuncha kerak bo’ladi. Vaqt insonlarga imkon beradi, qaysi yo’lni, qachon va qanday qilib tanlash uchun. Buyog’i insonlarning ixtiyorida yoki ulardan talab qilinadi qolgani. Yana savol berilishi mumkin, nega insonlarning hammasi mukammallashib ketmagan? Uning ishi ham shuki «balans’, «muvozanat’ni ushlab turish. U hammaga bir xil vaqt bermagani bilan, hammaga bir xil imkon beradi. Shunchaki insonlar buni tushunib yetguncha, vaqt ularga boshqacha qilib aytganda «imtiyoz’ berishi kerak, ya’ni yana imkon, buni esa iloji yo’q, u tomondan albatta. Lekin insonlar harakat qilsa, o’sha narsani undan tortib olsa bo’ladi. Qanday qilib? Shunchaki, vaqtning insonni o’zidan oshib ketmasligiga urg’u berishi kerak. Bu ham qanday qilib? Shunchaki, harakatdan to’xtamaslik kerak. Vaqtni insonlardan kutadigan narsasi, aynan mana shu narsa hisoblanib kelgan, kelyapti, ketadi. Vaqt harakatsizlikdan foydalanishni biladi va shuni qiladi ham, u shu bilan oziqlanadi, u insonlarga imkon yarata turib, o’zi uchun ham shu vaqtni o’zida, o’ziga imkon yaratadi. Vaqtni ayyorona strategiyalari ko’p. Boshqacha qilib aytganda, u ruschada «непредсказуемая», kutilmagan yoki oldin aytib bo’lmaydigan, desa ham bo’ladi. Hohlagan vaqtida bu ishni qilomasa ham, kutilmagan vaqtda qiladi. Bekorga «hamma narsaning o’z vaqti bor’ deyishmaydiyu. Chekininsh yo hujum qilishi noaniq vaqtda bo’ladi. Insonlarning unga qarshi tomoni, uning o’zlari hisoblanadi. Bir vaqtni o’zida ham kuchsiz, ham kuchli tomonidir. G’alati eshitilishi mumkin, lekin, aql qurol bo’lsa, yurak qalqondir.

Inson vaqtni o’z foydasi tomonga bo’ysundirishni, ishlatishni bilishi kerak, buni albatta iloji bor, savoldan oldin javobi. Agar inson qachonki, savollar bilan hayot tomon qadam tashlayversa, oddiy savollarmas, nega bunaqa? Sabab nima? Qachon o’zgaradi va hokozolar, hayot undan battar uzoqlashadi. Hayot vaqtdanda battar ayyor yoki yana battar «непредсказуемая» desa bo’ladi. Yana adolatsiz, yomon, ayanchli va hatto dushman ham bo’lishi mumkin, xuddi shu hislatga ega bo’lishi, albatta insonning o’ziga bog’liq. Balki ba’zi narsalar oldindan yozib qo’yilgandir, lekin ba’zi narsalar insonlarning o’ziga bog’liq yoki ulardan talab qilinadi. Insonlar ba’zida o’zlariga berilgan mukofotni sezmay qolishadi. Bu to’g’irlanishi kerak bo’lgan kamchilklardan biri hisoblanadi. Va, hayot buni yaxshi biladi. Hayot paytida, shunchaki paytidamas, insonlarning ko’ziga hech nima ko’rinmaydigan paytida, ya’ni g’am, tashvish, jahl va hokozo, har xil kichkina belgi beradi ya’ni, o’zini qanaqa go’zalligini, yagona ekanligini, chekinmaslik kerakligini bildiradigan belgilarga o’xshash. Hayot buni ko’ra olishgani uchun mukofotlamaydi, aksincha inson o’sha onni sezganini o’zidayoq mukofotlangan bo’ladi. Qanday qilib va kim tomondan? Degan savolmi, balki undan ham katta «obro’ yoki «status’ Ega bo’lgandandir.

Nima bo’lgan taqdirdayam, inson yashayaptimi, nafas olyaptimi, demak hamma narsaga imkon bor, albatta shu o’rinda eslatish kerak, o’sha imkonlarni hohlasa bittada, hohlasa asta yo’q qilishga ham, imkon bor. Bitta sirni ochish kerakki, insonlarning hayotida, ularga yordam berib yuradigan farishta shartmas, ularning o’zi shu farishtaga o’xshashlari mumkin. Nima sababdan, bir narsaga erishib turgan bo’lib, shu narsani inkor qilish kerak? G’alati eshitilayotgan bo’lishi mumkin, lekin insonlarning tabiati shu, ba’zida albatta. Insonlar shunchaki atrofidagi hamma sodir bo’layotgan narsalarni shunchakimas, yaxshilab fikrlab ko’rib, real dunyoga real ko’zlar bilan qarashsa, shuni o’zi yetadi. Bu hayotda yashash qisman omadga ham bog’liq, hatto yaxshi yashash ham. Misol tariqasida, kimdir yaxshi oilada, kimdir boy oilada va hokozolarda dunyoga kelishadi. Agar yaxshilab o’ylab ko’rilsa, juda yaxshi pul topadigan boy ham, ko’chada daydib yurgan inson o’rnida ham bo’lish mumkinku. Ba’zilar aytishi mumkin, «faqat kuchlilar yashay oladi’ deb, biroq shu kuchlilik ham omadga bog’liqku. Ko’chada bitta joyda o’tirib, pista – bodom sotadigan ayolda kamchilik bormi yoki bozorda meva sotib o’tirgan kichkina qizda kamchilik bormi yoki yer osti yo’lida qanaqadir sabab orqali bechora sal boshqacharo tug’ilib, onasiga yoki kimgadir pul topish uchun xo’rrak bo’lib o’tirgan chaqaloqni kamchiliki bormi? Bu yerda kimdirni tahqirlash yoki yerga uruishmas bu, insonlar real dunyoga real ko’z bilan qarashlari kerak, degan narsa mana shu bo’ladi. To’g’ri hamma narsa insonni qo’lida, deb uqtirilayotgan edi, lekin bu umuman tug’ilishdan oldingi omad hisoblanadi, birovlarni aybi deb yemagan somsasiga pul to’lash deyiladi, albatta ba’zi hollarda. Va aytilganidek, o’sha omad bir tomondan insonni o’ziga ham bog’liq.

Odamlar o’zlarining odam, degan nomlari bilan odamdirlar. Bunday nomga esa odamiylik, degan tushuncha bilan egadirlar. Ularga berilgan vazifa, shu unvonni yoq’otmaslik. To’g’ri balki, hayot 50/50 dir yoki bir tarozidir, qaysiki, agar umumiy oladigan bo’lsak, yaxshi va yomon pallalarga ega. U har doim shunaqa bo’lib kelgandir, shunaqa bo’lib kelayotgandir va shunaqa bo’lar, ammo bitta muhim narsa bor, shu pallani o’zgarishiga beriladigan kuch insonlarni o’zlari. Ularga bog’liq, qaysi biri baland, qaysi bir past bo’lishi. Bu hayotni yana bitta qoidalaridan biri, yaratuvchi, bunyodkor bo’lish kerak, boshqalar uchun bo’lmasa ham, hatto «egoizm”lik tarapdan olinadigan bo’linsa ham, hech bo’lmaganda o’zi uchun ham bunyodkor, yaratuvchi bo’lishi kerak, yashash uchun, tiriklikni saqlash uchun. Vayronkor bo’lganni, hayot ham vayron qiladi. Uni o’sha vayronkor va buzg’inchiligidan foydalanib, bu bilan uni o’zini yo’qotadi. Bu ataylabdan emas, ma’lum bir «algoritm”ga asoslanib qilinadi. Shunaqa sisitema kiritib qo’yilgan, desa ham bo’ladi. Bu ham inson anglashi kerak bo’lgan haqiqatlardan biri desa bo’ladi. Shu yashab turgan hayotda nimaiki haqiqat mavjud bo’lmasin, bu insonning o’ziga bog’liq, albatta, anglash yoki anglamaslik.

Конец ознакомительного фрагмента.

Текст предоставлен ООО «Литрес».

Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.

Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

Вы ознакомились с фрагментом книги.

Для бесплатного чтения открыта только часть текста.

Приобретайте полный текст книги у нашего партнера:


Полная версия книги

Всего 10 форматов

bannerbanner