T. Lobsang Rampa – ko'pchilikka notanish muallif. Shunga qaramay, uning «Uchinchi ko'z» asari yozuvchining noyob iste'dodidan dalolat beradi. Siz ilk bor tanshayotgan adibning ushbu asari Tibet haqida, er yuzining eng sirli maskanlaridan birining odamlari, madaniyati, dini, turmush tarzi haqida hikoya qiladi. Muallif foniy va boqiy hayotning bog'liqligi borasida bahs yuritadi. Kitobxonni qahramon bilan birgalikda og'ir va sirli hayot sinovlaridan olib o'tadi. Tibetliklarga xos ana shunday hayot sirlaridan biri jarrohlik yo'li bilan odamda «uchinchi ko'z»ni ochishdir. «Uchinchi ko'z» yordamida kishilar o'zidan chiqarib turgan nurlarni ko'radi, mazkur nurlarning rangiga qarab qarshisidagi odamning holatini, ruhiyati, kasalligini aniqlaydi, o'ylaridan voqif bo'ladi…
все жанры