Po'lat Mo'min she'rlarida bolalarga xos beg'uborlik bor, har satri soddalig-u samimiylikdan so'zlaydi. Sersavol bolakayning qiziquvchanligi-yu arazchi qizaloqning tabiati ham aynan Po'lat Mo'min she'rlariga jo bo'lgan. Shoir she'rlarini bola bo'lib yozgani-ga shubha qilmaymiz. Satrlarning ravonligi ikki bolakayning o'zaro suhbatini eslatadi. Ijodkor, asosan, insoniy fazilatlar, tabiat hodisalari, atrofimizdagi borliqning bolalarga qiziqarli jihatlarini topib qalamga oladi. She'rlarni o'qir ekanmiz, ularni yod olgimiz, sinfdosh-u tengdoshlarimizga aytib bergimiz keladi.
все жанры