"Boshqa hammualliflar: S.Nazarova Ushbu o'quv qo'llanma tibbiyot kollejlarining 3720301-"Tibbiy profilaktika ishi feldsheri" yo'nalishi bo'yicha ta'lim oluvchi o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, analitik kimyoning nazariy asoslari, sifat va miqdoriy analizni o'z ichiga oladi. Nazariy asoslari bo'limida o'quvchilarga laboratoriya mashg'ulotlari va amaliy ishlarni bajarish uchun kerak bo'lgan nazariy bilimlar yoritib berilgan. Sifat analizi bo'limida kationlar va anionlarning asosiy sifat reaksiyalari, kationlar va anionlar aralashmalarining analizlari hamda sifat reaksiyalarining tibbiyotdagi o'rni va ahamiyati ochib berilgan. Miqdoriy analiz bo'limida esa tibbiy profilaktikada ishlatiladigan analiz usullari: gravimetrik, titrimetrik va fizikaviy, fizik-kimyoviy usullari va ularning mohiyati, laboratoriya ishlarining mazmuni va bajarish tartibi keltirilgan. Misollar yechib ko'rsatilgan. Shuningdek, miqdoriy analizning tibbiyotdagi o'rni, qo'llanilish sohalari va ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan. Har bir bobning oxirida o'quvchilar bilimini mustahkamlash uchun savollar berilgan."
все жанры