Mazkur o'quv qo'llanmada zamonaviy sharoitda o'quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirish zaruriyati, uning yangicha tafakkur tarzini tarkib toptirish bilan aloqador jihatlari, o'quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirishning istoriografik xususiyatlari, falsafiy-antropologik yondashuvning o'quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirishdagi imkoniyatlari, o'quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirishning ayrim metodik jihatlari hamda o'quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirishda xarita bilan ishlash texnologiyasi yoritib berilgan. Qo'llanma umumiy o'rta ta'lim muasssasalari o'qituvchilari hamda pedagogika oliy ta'lim muassasalarining tarix o'qitish metodikasi bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Shu bilan birga, mazkur metodik qo'llanmadan pedagogika sohasida faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
все жанры