banner banner banner
Allamjonov aybdor
Allamjonov aybdor
Оценить:
Рейтинг: 0

Полная версия:

Allamjonov aybdor

скачать книгу бесплатно


FVVda olgan birinchi maoshimni hamkasb akaxonlarim bilan «yuvib» yo?q qilganmiz. Uyga oborib, oyimga ko?rsataman deb shuncha kutgan pulimni hamtovoqlarimga ichirib yuborganman. «Sharq»ning10 pastidagi kafeda joy aytib qo?yishgan ekan, birinchi oyligim ziyofatga ketgan. Uyga arzimagan uch-to?rt so?mni ko?tarib kelganman.

Ikkinchi oyligim ham xuddi shunaqa qilib havoga sovurildi. Yoshi katta, azamat ikki harbiyga nima ham deya olardim?

Keyingi gal ayyorlik qildim. Pulimni eng oxirida, hammadan keyin berasiz, deb kassir opa bilan kelishib qo?ydim. Oyligimni oldim-u g?aroyib boshliqlarim, og?aynilarim meni tutib olmasidan uyga qarab qochdim.

2005-2006-yillar

Parpiyev Davlat soliq qo?mitasi raisi lavozimini egallaganida uning birinchi o?rinbosari Erkin Fayziyevich Gadoyev edi. Islom Abdug?aniyevich «bo?lib tashla va hukmronlik qil» degan siyosatni olib borar, vazir o?rinbosarlari rahbariga nisbatan doim kishi bilmas oppozitsiyada bo?lardi. Karimov shu yo?l bilan o?ziga kerakli ma?lumotni yig?gan bo?lishi mumkin, lekin bu narsa jamoaviy ishni o?ldirar, faqat ichki fitnalarni keltirib chiqarardi. Tizim iyerarxiyasi bo?yicha har bir xodim kimningdir odami edi: Parpiyevning odami, Gadoyevning odami, Azimovning odami… Bunaqa sharoitda ishni boshqarish uchun rahbar o?z taktikasiga ega bo?lishi kerak. Parpiyev soliq qo?mitasiga o?tganida hammaga ishdan bo?shash haqida ariza yozishni taklif qildi. Yangi jamoa tuzishini aytdi. Hamma ariza yozdi. Keyin Botir Rahmatovich xotirjam o?tirib, bo?layotgan qo?ng?iroqlarni, kim kim uchun iltimos qilib chiqqanini yozib oldi va kuchlar taqsimotining to?liq jadvaliga ega bo?ldi. Qoyilmisiz?

Parpiyev bergan hamma topshiriqlarni uning o?rinbosari o?sha zahoti yo?qqa chiqarishi meni doim hayron qoldirardi. Men – «Parpiyevning odami» bu paytda DSQ matbuot xizmatida ishlardim.

– Nimaga oldimga kiraverasan? Nima keragi bor shuni? – biror taklif, qandaydir zarur ish bilan xonasiga kirsam, Gadoyev har safar norozi bo?lib kutib olardi. Yordam berishni xayoliga keltirmasdi.

Mustaqillikning o?n olti yilligiga bag?ishlab maxsus albom chiqaradigan bo?ldik. Soliq sohasida erishilgan hamma yutuqlarni, yangilik va o?zgarishlarni ko?rsatmoqchi edik. Ishchi guruh tuzildi. Bosh javobgar menman, lekin hech qanday vakolatim yo?q. Ya?ni, yugur-yugur qilasan, axborot to?playsan, odamlardan statistika ma?lumotlarini yig?ishga harakat qilasan, ammo hamma senga eshikni ko?rsatib yuboradi, birov gapingga quloq solmaydi, mabodo ma?lumot berishsa ham, bir tiyinga qimmat bo?ladi.

Parpiyevning oldiga kirdim. Kitob deyarli tayyor, ba?zi ma?lumotlar yetishmayotgan edi, xolos.

– Kitobni tezroq chiqaringlar! Yaqin kunlarda Prezidentga ko?rsataman, – dedi u. Keyin Gadoyevga qo?ng?iroq qilib, menga yordam berishni topshirdi. Telefonda o?rinbosarning «Xo?p!» degani eshitildi.

DSQning navbatdagi kollegiya yig?ilishida.

Gadoyevning oldiga kirdim.

– Qayerdan olding bu gapni? To?rt kunda kitob tayyor bo?larmish! Kim to?rt kunda kitob chiqararkan?!

– Erkin Fayziyevich, kitob deyarli tayyor, menga faqat…

Menga nima kerakligini Gadoyev eshitib ham o?tirmadi, har doimgiday javrab-javrab nasihatini boshladi. Xullas, ma?lumot ololmadim.

Ikki o?t orasida qoldim. Rahbarlar-ku keyin bir-biri bilan kelishib ham ketar, o?rtada aybsiz aybdor men bo?laman.

Ochig?i, qo?rqib ketdim. O?zimni ikki kattakon kitning o?rtasida majaqlanib, ovozi chiqmaydigan mayda baliqchadek his qildim. Parpiyevning bir xislati bor edi, hech qachon hech nimani esidan chiqarmasdi. Aytgan ishi qilinyaptimi, yo?qmi – har soatda tekshirib turardi. Har so?raganida «Ishlayapmiz», deyman, lekin aslida hech narsa qilinmayotgan edi.

Yana qabuliga kirishga majbur bo?ldim.

– Botir Rahmatovich, kitobni vaqtida topshira olmayman. Erkin Fayziyevich urishib, kabinetidan haydab soldi. Bekorchi ish bilan shug?ullanma, dedi. Nima qilay?

Generalning yomon jahli chiqqani ko?rinib turardi. Lekin menga indamadi, gapni cho?zmadi, «Boraver» – deb qo?ydi.

Dushanba kuni majlis. O?zi shundoq ham har dushanba bo?ladigan majlislarni ko?rgani ko?zim yo?q, bu safargisi ayniqsa ortiqchalik qilayotgan edi. Kamiga o?sha kuni kechasi deyarli uxlamaganman, zo?rg?a ko?zimni ochib, ishga uchib yetib keldim, apil-tapil formamni kiydim. Majlis aniq belgilangan vaqtda boshlanadi, kechikish mumkin emas.

Lanj bo?lib o?tiribman, ko?zlar kirtaygan, qovoqlarim shishib ketgan. Qo?mita raisining gaplari qulog?imga bir kirib, bir kirmaydi. Qarasam, har gapida o?rinbosariga murojaat qilyapti. U-bu taklif berib, keyin Gadoyevning fikrini so?raydi. Gadoyev odob bilan, chiroyli qilib g?oyani puchga chiqaradi.

Shu payt kutilmaganda Parpiyev stolga bir musht tushirdi. Choynak-piyolalar uchib ketdi, hammaning ko?zi moshday ochildi.

– Erkin Fayziyevich, siz meni ahmoq deb o?ylayapsizmi? Nima topshirsam, «yo?q» deysiz! Takliflarimni yo?qqa chiqaryapsiz, barcha islohotlarimga to?sqinlik qilyapsiz!

Rais jahl bilan o?rnidan turgan edi, stuli bir chekkaga uchib ketdi. Qo?lidagi qalam chirsillab sindi, uniyam uloqtirib yubordi. Hammaning o?takasi yorilib, zal jimjit bo?lib qoldi.

– Mana, Allamjonovni olaylik! – vazir zalga qarab, meni topdi. O?tirgan joyimga yopishib qoldim, birdan hojatga borgim kepqoldi. – Men unga kitob chiqarishni topshirgandim, siz esa haydab solibsiz. Nega bu kitob kerakmas, dedingiz?

– Men unaqa demadim, unaqa deganim yo?q… – o?zini oqlamoqchi bo?ldi Gadoyev. Uning qattiq qo?rqib ketgani bilinib turardi.

Parpiyev ko?zoynagini yechib, stolning ustiga otib yubordi-da, zaldan chiqishda eshikni shunaqa qarsillatib yopdiki, devorda yoriq paydo bo?ldi.

Men esa stulga yopishgancha ichkarida qolib ketdim. Gadoyev hammaga bir-bir ko?z tashlab, sekingina: «Majlis tugadi», – dedi. Yig?ilganlar jimgina tarqala boshladi.

Keyin u mening yonimga keldi.

– Bir daqiqaga mumkinmi? Kabineting qayerda edi?

Ikkovimiz xonamga kirdik. U savollari bilan meni burchakka tiradi:

– Senga nima yomonligim tegdi? Nega ustimdan shikoyat qilding?

Men jonimni qutqarish uchun, joyida og?zimga kelgan bahonani to?qidim:

– Erkin Fayziyevich, Botir Rahmatovich so?raganiga aytdim-da… Sizni «Kitob to?rt kunda o?xshamasa-chi», – deb kuyib-pishyaptilar, dedim… Falon gapiga piston deb javob berdim… Meni boshqacha tushunibdi…

Tabiiyki, Gadoyev aytganlarimga ishonmadi.

Uni qanchalik yomon ahvolga solganim bir necha daqiqadan keyin ma?lum bo?ldi. «Hamma o?z joyida o?tirsin, hech kim hech qayoqqa chiqmasin» degan buyruq keldi. O?sha kuni yarim kechagacha hamma xonasidan chiqmay o?tirdi. Rais esa qayoqqadir ketdi. Keyin bilsam, hech qayerga xabar chiqib ketmasligi uchun ko?rilgan chora ekan bu. Gadoyev o?zining odamlarini, tanklari va artilleriyasini tortib kelishga ulgurmasin deb shunday qilinibdi.

Ertasiga majlisga Bosh vazir Shavkat Miromonovich Mirziyoyev11 keldi. Gadoyev lavozimidan olindi. Lekin u ham shuncha yildan beri bekorga birinchi o?rinbosar bo?lmagan ekan, baribir tanklarini ishga solibdi. O?rinbosar bo?lib qoldi, faqat Akademiyaning12 rektori sifatida. Qo?mitadan ketib, ichki ishlarga aralashmaydigan bo?ldi.

Uning o?rniga hozirgi Bosh vazir o?rinbosari Behzod Anvarovich Musayev keldi. Siyosatimizning liberal qanoti. U bilan ishlash ancha oson edi.

Keyin DSQ va umuman davlat xizmatidan ketish navbati menga yetdi. Men bu qarorga kalta o?ylab yoki to?satdan kelmadim. Boshqa ilojim qolmagandi.

Botir Rahmatovich rahbarlik qilgan hamma idoralarda haftalik majlislarning kun tartibini o?zi tuzardi. Bu odatdagidek kimdir zerikarli hisobot beradigan, hamma «qachon tugarkin shu», – deb tezroq uyga ketgisi keladigan majlislar emasdi. Har safar katta sinovdan o?tgandek bo?lardik. Rais yordamchilari bo?limlar uchun alohida savollar tayyorlab qo?yishardi. Bu bo?lim rahbarlarini boshi berk ko?chaga kiritib qo?yadigan savollar edi. Parpiyevga majlisda ko?tariladigan masalalar bo?yicha oldindan ma?lumot to?plab berilar, minbarga chiqqan xodim ko?pincha qaltis ahvolga tushar edi. Bo?lim boshliqlari kaltak tagida qolmaslik uchun zo?r yo?lni o?ylab topishdi. Dilshod To?raxonovdan «Bizning xizmatni kun tartibiga qo?ymang», – deb iltimos qiladigan bo?lishdi. Bilmadim, balki quruq iltimos bilan ish bitmagandir. Xullas, ko?pincha hamma qolib, minbarga bitta men chiqadigan bo?ldim. General meni ayab o?tirmas edi. Kotibiyat boshlig?i Dilshod To?raxonov meni o?lguday yomon ko?rib qolgan, har safar oyog?imdan chalishga harakat qilardi.

Oxiri bu ahvol jonimga tegdi. Nima, Soliq qo?mitasida mendan boshqa masala qurib qolganmi? Men jadval tuzib, unga hamma bo?limlarni, hatto kanselyariyani ham kiritdim. Ro?yxatga qo?shilmagan faqat qorovul qoldi. Bu hujjatni Parpiyevga olib kirib, oxirgi paytlari majlislar bir qolipda o?tayotganini aytdim. «Hamma navbati bilan hisobot bersin, har bir bo?lim o?zining ishini matbuotda yoritsin», – dedim. U rozi bo?lib, jadvalni imzoladi.

Endi meni minbarga chiqarishsa, topshiriqlarni kimlar bajarmayotganini shartta aytadigan bo?ldim. Muhtaram hamkasblarim og?zimni yopish uchun meni ham «To?raxonovning ro?yxati»ga kiritib qo?yishibdi. O?rtaga pul tashlashgan bo?lishsa kerak.

Qisqasi, qilgan ishim uchun ta?zirimni yedim, meni kechirishmadi. Ustimdan nimalardir to?qib, tuhmat qilishdi. Shunchalik bema?ni bahona o?ylab topishdiki, hozir aniq nima gap bo?lganini eslolmayman ham. To?qqiz yil deganda Parpiyev majlisda birinchi marta hammaning oldida rosmana po?stagimni qoqdi. Men esa o?zimni oqlay olmadim. Hammasini miq etmay eshitib turdim. Endi bu yerda ishlolmasligim aniq edi.

Chiroyli ketmoqchi bo?ldim. Oradan to?qqiz yil o?tgan bo?lsa ham, bu inson salomimga «vaaleykum» deb alik olganini, menga bir yugurdak emas, odam deb muomala qilganini esimdan chiqarmagandim.

oldiga kelib, gaplashib olmoqchi ekanimni bildirdim.

– Mayli, kelsin, – debdi Botir Rahmatovich.

Ertasi kuni Parpiyevning oldiga kirib, o?zimning biznesimni boshlash uchun ketmoqchiligimni aytdim.

– Xafa bo?ldingmi?

– Yo?g?-e, nega unaqa deysiz? Nimaga xafa bo?lishim kerak?

– Xafa bo?libsan… – dedi general. – Ko?rib turibman-ku. Mayli, arizangni yoz. Omadingni bersin.

Men ketdim, lekin intizomga o?rgatgani, bergan saboqlari uchun Botir Rahmatovichdan haligacha minnatdorman. U menga doim zarbaga tayyor bo?lib, uni qaytarishni, eng asosiysi, iloji yo?q narsaning o?zi yo?qligini o?rgatdi. Xohlasak, hamma narsaga erisha olarkanmiz. Bunday olganda, u meni rostdan ham o?z jiyanidek tarbiyaladi.

Shunday odamning «jiyani» degan yuksak nomga dog? tushirmadim, deb o?ylayman.

Men o?z biznesimni boshlab, birinchi millionimni ishlab topdim. Bolaligimdan pul topishga harakat qilardim. Afsus, rejalarim doim ham o?xshayvermasdi.

1 MTRK – Milliy teleradiokompaniya.

2 «DAVR» – MTRK «Yoshlar» telekanalining axborot dasturlari tahririyati.

3 FVV – O?zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

4 Abdusaid Ko?chimov – o?zbek jurnalisti, 1997-2005-yillarda O?zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.

5 «Beruniy» – Toshkent metropoliteni O?zbekiston yo?nalishining oxirgi bekati.

6 Qoraqamish – Toshkentning Olmazor tumanidagi mavze.

7 ToshDU – Toshkent davlat universiteti. 2000-yil yanvardan Mirzo Ulug?bek nomidagi O?zbekiston Milliy universiteti.

8 Uzmetronom – O?zbekistondagi mustaqil sayt. 2020-yilning may oyigacha blokda bo?lgan.

9 «Jemchug» – Toshkent shahridagi mashhur «Jemchug» (marvarid) do?koni joylashgan, ko?pqavatli tajribaviy loyihalangan uy.

10 «Sharq» – nashriyot-matbaa konserni.

11 Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 2003-yil dekabrdan 2016-yil dekabrgacha O?zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, 2016-yil 14-dekabrdan O?zbekiston Respublikasi Prezidenti.

12 Akademiya – Davlat soliq qo?mitasi huzuridagi Soliq akademiyasi.

III

Shakar, vanna, press, baklajka

To?qsoninchi yillar oilamiz boy bo?lmagan, lekin och ham qolmaganmiz. Onam doya, otam avtoslesar edi. Bolalar tug?ilavergan, mashinalar buzilavergan, ota-onam ishsiz qolmagan. Ularning eng katta orzusi farzandlariga yaxshi ta?lim berish bo?lgan. Shuning uchun oyim o?qishimni oltinchi sinfdan ToshDU qoshidagi gimnaziyaga (keyinchalik akademik litseyga aylantirildi) o?tkazgan. Hech kimga pul-mul bermagan. Oyim pora berish kerakligini bilmasdi ham.

Pul – ajoyib narsa! U menga doim zavq bergan. O?zi oldindan boshqalarga o?xshab faqat oylikka ko?nib yashash niyatim yo?q edi. Katta bo?lganimda ko?p pul topishimga, xohlagan narsamni sotib olishimga aniq ishonganman. Lekin bu kunlarni uzoq kutishga sabrim chidamasdi. Hoziroq boyib ketib, mahallamiz yoshlari havas qiladigan yangi «qahramonlarimiz» – magazinchilar, choyxona va makaron fabrikalarining xo?jayinlari, popkorn sotuvchilarga o?xshab yurgim kelardi. Hammasining tagida yangi mashina, oyog?ida krossovka, egnida zamonaviy sport kiyimi, jinsi shim – xullas, butun dunyoda ulardan zo?ri yo?q.

Kommunistik mafkura puchga chiqqan paytlar. Qo?ni- qo?shni orasida faqat biznes rejalar, tez va osongina boyib ketish yo?llari haqida gap-so?zlar yurardi. Biz o?n uch ya-shar o?smirlar ham cho?ntagimizda doim pul bo?lishini xohlardik. Ko?p tengdoshlarim o?zi ishlab daromad topar, kimdir oilasiga yordam bersa, yana kimdir kichik orzulariga pul yig?ardi.

Mendan yollanma ishchi chiqmadi. Ammavachchamning jo?xori qalamchalari chiqaradigan sexida bir kun ishlab ko?rdim. Arzimagan pul uchun ertalabdan kechgacha ter to?kib mehnat qilish menga emas ekan.

Vazifam nimadan iborat edi? Jo?xorini oldin «drobilka»ga, keyin maxsus apparatga solamiz. Jo?xori doni issiq havo bosimi ostida paqillab yorilib, qalamchaga aylanadi. Ish haqi tayyor mahsulotning kilosiga to?lanadi. Bir uyum jo?xori qalamchasini chiqarib, kamida o?n kilogramm bo?ldi, deb o?ylaysan. Tortib ko?rsang, zo?rg?a yarim kilo chiqadi. Ish kuni oxirida ammavachcham pul o?rniga qo?limga o?zim tayyorlagan jo?xoridan tutqazdi. Uyga kelib, «ish haqim»ni stolga qo?ydim-u yechinmasdan, o?zimni krovatga tappa tashladim. Ertalabgacha qotib uxlabman. Uyg?onganimda aniq bir qarorga keldim – men hech qachon yollanma ishchi bo?lmayman!

Gap og?ir mehnatdan qochishda emas. Menga birovning cho?ntagini to?ldirish uchun belni bukib, evaziga arzimagan chaqa topish yoqmadi. Bunaqa kapitalizmni hazm qila olmasdim. Biz litseyda o?zimiz popkorn tayyorlab sotardik. O?zimiz uchun ishlardik, shunga mehnati malol kelmagan. Ko?pi kuygan, bemaza popkornimiz uncha yaxshi ketmasdi. Bu tadbirkorlik faoliyatimda birinchi saboq bo?lgan – mahsuloting sotilishini xohlasang, ishni sifatli qil!

O?n uch yoshimda qand qiroli bo?lishga qaror qildim. O?zimga velik olishim kerak edi. Velosipedi bor o?rtoqlarim uchishga bermay qo?yishdi. Ota-onam esa: «Komiljon, veliksiz ham doim qayoqlardadir sang?ib yurasan, velosiped minsang, seni umuman topolmay qolamiz!» – deb gapni qisqa qilishdi.

Biznes-reja bunday edi: bir qop shakar sotib olinadi, uni qandga aylantirib, ustiga pul qo?yib sotiladi. Shakar bilan qandning narxi orasidagi farq – sof foyda.

Tayyor shakar sexini ijaraga oldim. «Sex» deganda ko?z oldingizga nima keldi bilmadim-u, ammo bu hech kim yashamaydigan tashlandiq bir uy edi. Undagi bor uskuna – tegirmon, press, fanera, vanna, isitkichli fen va bir yarim litrlik baklajka, xolos. Oldin shakar kukunga aylantiriladi. Keyin vannaga solib, ustidan bir yarim litr sovuq suv quyiladi. Kukun nam tortib, qorga o?xshab g?irchillab qolganda, pressdan chiqarilib, faner ustiga yoyiladi. Qand shakliga solinib, fenda quritiladi. Bir kecha-kunduzda bir qop shakar oldi-berdiga ishlatiladigan, to?y-hashamda dasturxonga qo?yiladigan shirinlikka aylanadi.

Otam ko?p magazinchilarning mashinasini tuzatardilar. Shu tanishlaridan mahsulotimni sotib berishni iltimos qildilar.

Bu sexda ishchi ham, farrosh ham, mol yetkazib beruvchi ham, direktor ham o?zim edim. Sexni ijaraga olishdan oldin do?stlarimga sherikchilikni taklif qildim, ular ko?nishmadi. Balki to?g?ri qilishgandir. Ikki hafta o?tgach, do?konlarda shakar ko?rinmay qoldi, keyin birdan narxi oshib ketdi. Qanddan tushadigan ozgina foyda ham yo?q bo?ldi. Shunday qilib, birinchi biznesim sindi. Qizig?i shundaki, do?stlarim moliyaviy krizisni oldindan ko?ra bilgani uchun emas, ishyoqmasligi, harakatsizligi tufayli hamkorlikdan bosh tortishdi. Biz birga o?sib katta bo?ldik, lekin hozir jamiyatdagi o?rnimiz orasida osmon bilan yercha farq bor.

Hamma ham boy-badavlat bo?lishi shart, demoqchi emasman. Ba?zilarga bu narsa kerak emas, ularning o?z orzulari bor. Kimdir vrach, kimdir alpinist, uchuvchi, sayohatchi, jurnalist yoki yozuvchi bo?lishni orzu qilib, shu maqsadi bilan yashaydi. Hozirgi yoshlar orasida bundaylar borgan sari ko?paymoqda. Pul ular uchun ortiqcha daxmaza. Lekin boyib ketaman degan odamga faqat orzu va bilimning o?zi kamlik qiladi. Bunda ishchanlik, mehnatsevarlik judayam muhim. Agar ishga o?zingni to?liq bag?ishlay olmasang, yaxshisi boshlama. Biznes – dangasalar uchun emas!

Men erinchoq emasdim. Shunchaki, o?sha vaqtdagi iqtisodiy vaziyatni deb omadim chopmadi va qand qiroli bo?lolmadim. Lekin pul topish yo?lida harakat qilishdan hech qachon to?xtamadim. Menga ishni yo?lga qo?yish, pulni nazorat qilish jarayonining o?zi qiziq edi. Mabodo ishim yurishmay qolsa, g?ayratim yanayam oshib ketardi.

90-yillarni ko?rganlar fikrimga qo?shiladi, deb o?ylayman. Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat juda qiziq bo?lgan. Foyda ko?rishga intilganlarni chayqovchi emas, tadbirkor deb atay boshlashgan, katta pul topish imkoni tug?ilgan edi. Dorixona, bilyardxona, sauna, tijorat do?konlari yomg?irdan keyingi qo?ziqorindek urchib ketdi. Ana senga erkinlik!

Sinfdoshim bilan madaniyat saroyi binosida, konsertdan keyin.

Kommunistik mafkuraning oyog?i osmondan bo?lib ketgandan keyin xalqni ergashtiradigan g?oyaning o?zi qolmadi. Ayni paytda diniy ekstremizmning ta?siri kuchayib bordi. Soqol qo?yganlar ko?paydi, Karimov ularga qarshi tinimsiz kurashardi. Teraktlar, portlashlar avj olgan tahlikali davr edi. «Musaffo osmon» g?oyasi davlat mafkurasiga aylandi. Urushsiz, tinch yashasak bo?ldi, olam guliston! Ammo bu g?oya juda bo?sh edi. Unda super boylarning paydo bo?lishi ko?zda tutilmagandi. Davlat rahbariyati boyvachchalar jamiyat osoyishtaligini buzishidan qo?rqardi. Mayli, foyda ko?rsang ko?r, faqat ikki quloch tijorat do?konidan nariga o?tma! Mashina ol, uy sol, topgan tillangni uch litrli bankada saqla, lekin oligarx bo?laman deb xayolingga ham keltirma.

Shuning uchun korxona tashkil etish juda qiyin masala bo?lib, kerakli eshiklar kerakli odamlargagina ochilardi. Ko?pchilikni hoziroq, joyida daromad topish yo?llari qiziqtirardi. Bugun pul tikasan, ertaga foyda ko?rasan. Bemalol bir ishni tashlab, osongina boshqasini yurgiza olishing kerak. Ildizi baquvvat, avloddan avlodga o?tadigan biznes-imperiyalarni qurish uncha-muncha odamning rejasiga kirmagan. Yurtimizda egalarini super boy qilgan, uzoq muddatli, rosmana muvaffaqiyatli ishlab chiqarish obyektlari deyarli yo?qligining sababi shunda.

1998-1999-yillar

Gimnaziyada prokurorlar, deputatlarning bolalari bilan o?qiganman. Doim atrofdagilarga birovdan kam emasligimni isbotlashga majbur edim. To?g?ri, men u yerga porasiz, hech qanday qo?ng?iroqsiz, o?z bilimim bilan kirganman. To?g?ri, ota-onam oddiy odamlar. Lekin menga past nazar bilan qarashlariga yo?l qo?ymasdim. Gimnaziya direktorining: «Allamjonov, yaxshi o?qi. Seni «kontrakt»da o?qitishga ota-onangning baribir qurbi yetmaydi», – degan gapi ayniqsa yomon tegib ketgan. Hammaning oldida kamsitgani uchun yap-yangi «Moskvich»ining g?ildiragini teshib, o?chimni olganman.

«Fun boys» guruhi konsertidan so?ng sinfdoshlarim davrasida.

Sinfdoshlarimning menga munosabati yomon emas edi. Ayniqsa, «Fun boys» guruhini tashkil qilib, konsert qo?ya boshlaganimizdan keyin yana ham yaqin bo?lib qoldik. Men loyiha rejissori edim. Tomoshalarimizda ustozlarning ustidan ham kulardik. Hammasining emas, albatta. Bizningcha, yaxshi o?qita olmaydigan, zolim va poraxo?r o?qituvchilarni masxara qilardik.

«Ikki yarim» laqabli o?qituvchimizni yaxshi eslayman. Uy vazifasini qanchalik yaxshi tayyorlab kelmaylik, ikki yarim baho qo?yardi. Bunaqa bahoning o?zi yo?q-ku, o?quvchilarni yerga urish uchun shuni o?ylab topgan. Konsertimizda «u» sahnaga chiqib olib: «Men fizika o?qituvchisiman, ismim Muxtazar, mana qirq yildan beri erga tegolmayapman», – derdi.

Shunaqa. Hech kimni ayamas edik. Konsertdan keyin direktor meni xonasiga chaqirtirib, bunday «ssenariylar» uchun po?stagimni qoqardi. Indamay boshimni egib turar, lekin konsertlarni to?xtatmasdim.

Boshida chiptalar tekin edi. Keyin o?ylab qoldim. Biz dastur, har bitta sahna, musiqa ustida yotvolib ishlayotgan bo?lsak, tomoshabinlarga yoqayotgan bo?lsa, nima uchun konsert tekin bo?lishi kerak?

Tashkiliy ishlarga, chipta, afishalar tayyorlashga pul tikish kerak. Oyimning oldilariga keldim. Ular: «Adangdan so?rab ko?r», – dedilar. Ammo men otamdan cho?chirdim, ayniqsa, bu pulni nimaga ishlatmoqchi ekanimni aytishga qo?rqdim. Onam menga har doim ishonganlar. Yig?ib-tergan o?n ming so?mlarini qo?limga berdilar.

Chipta sotib o?tirishni o?rtoqlarimga topshirdim. Hech qaysisi pul so?rab ota-onasini bezovta qilmadi. Bu tashkilotchining, ya?ni mening bosh og?rig?im edi. Ota-onam meni qo?llab-quvvatladi.

Homiylar bilan ham o?zim kelishdim. «Aylin» turk pechenyesi maktabimiz hisob raqamiga 25 ming o?tkazdi. Maktab direktori shundan bir yarim ming so?mni ovoz kuchaytirgich – usilitelga deb berdi. Qolgan pulni ko?rmadim. Direktor bizni chuv tushirdi.

Yana bir hamkorimiz «Radio-peydj»1 bo?ldi. Konsertimiz haqida tekinga e?lon berishdi. «Nestle» kompaniyasi esa o?zini zontlarini o?rnatib, stakanda kofe tarqatdi. Yana uch-to?rtta homiyni ko?ndirish uchun tijorat taklifi bilan butun shaharni aylanib chiqdim. Boshqa hech kim rozi bo?lmadi.

Ravshan Sobirov, Guli Tolipovaning menejerlariga, boshqa artistlarga ham qo?ng?iroq qilib, konsertda chiqib berishlarini so?radim. «Tomsuvoq»qa ko?ndirdim.

Tabiiyki, mingta chipta sotolmadik, ikki yuztasi ketdi, xolos. Homiylarning oldida sharmanda bo?lmaslik uchun bo?sh joylarni mehmonlar bilan to?ldirdik. Mehribonlik uyi direktoriga iltimos qilib, tarbiyalanuvchilarini opkeltirdim.

Hamma yig?ildi. Ammo… birorta artist yo?q. Qo?ng?iroq qilaman, hech qaysisi javob bermaydi. Odamlar qarsak chala boshladi, oradan bir soat o?tdi, bittasiyam kela qolmaydi.

Bir balo qilib, endigina tanilayotgan Davron Ergashevni topdik, konsertni shu boshlab berdi. Omadim chopib, tadbirni olib borishga professional boshlovchi ham chiqib qoldi. Keyin Otabek Madrahimovga o?xshab ketadigan bir yigitni ko?rsatishdi. Chiroqlar o?chirildi, maxsus effektlar yoqildi, yigitchani sahnaga chiqarib yubordik, fonogramma ostida «kuyladi».