banner banner banner
Mehrobdan chayon
Mehrobdan chayon
Оценить:
Рейтинг: 0

Полная версия:

Mehrobdan chayon

скачать книгу бесплатно


– Bo‘zlaringizni oldingiz-a?

– Ha, oldim.

– Xayr.

– Xo‘sh.

Bu yaxshiliq arzadan ham burun mirzaboshidan bo‘ldi, deb o‘yladim. Balalarning kengashi bilan ikki bo‘zni ko‘tarib shom paytida mirzaning uyiga bordim. Chaqirdim, chiqdi. Minnatdorchilik bilan ikki bo‘zni uzatdim; asti olsa-chi. “Yaxtakka bo‘zim bor, ketavuring”, deydi. “Sotib, pulini beraymi”, desam “pulim ham ko‘b” deydi. Aqalli bittasini ham olmadi. Yana duo qilib bo‘z bilan qaytdim. Farishta ham shunchalik bo‘lar, deb o‘ylab qoldim, Shukur so‘fi! A, shunday yigit mirzaboshi bo‘lmay kim bo‘lsin, Samadboy! Ko‘bni duosi ko‘l deganlar; ishonmasanglar, ana taqsirimdan so‘ranglar!

Hikoyani eshitish asnosi imomda bir g‘ijinish vaziyati bor edi. Hikoya bitkach, zaharxanda bilan Samad bo‘qoqqa qaradi, dami kesilayozg‘an bo‘qoq bundan ruhlandi.

– Yolg‘onni ham yamlamay yutadig‘an bo‘libsanda, Safar, – dedi bo‘qoq.

Safar bo‘zchi to‘sundan o‘zgarib ketdi. Rangi o‘chinqiradi:

– Azbaroyi xudo, qasammi?

– Ikkita bo‘zni ikki qo‘llab oborsang, – dedi Samad bo‘qoq, – qaysi ahmoq olmay qaytarar ekan? Yolg‘onni sal kishi ishonadig‘an qilib gapirish kerak, Safar!

– Azbaroyi xudo, olmadi! – dedi Safar va asabiylanib o‘rnidan turib ketdi, – shu ka’batulloning ichida o‘lturib yolg‘on gapirgan odam musurmon emas, kishining qasamig‘a ishonmag‘an ham yetti mahzabda mo‘min emas!

Safar akaning aztaxidil achchig‘lang‘anini sezgan imom orag‘a tushti:

– Bunday yaxshiliqni har kim ham qila oladir, Safar aka, – dedi, – shuning uchun mirzaboshining sizga qilg‘an yaxshilig‘ig‘a men ishondim. Ammo bizning bahsimiz uning beva-bechoraga qilg‘an yaxshilig‘i to‘g‘risida bo‘l-may, bu odam o‘rdadag‘i mirzolarg‘a boshliq bo‘la oladirmi, ya’ni o‘shandog‘ katta ishning uddasidan chiqadirmi, ustidadir.

– Barakalla, taqsir, – dedi Safar bo‘zchi turg‘an yeridan,– menga qolsa, inshoollo, uddasidan chiqadi!

Imom Safar bo‘zchig‘a tushuna olmay, biroz tikilib turg‘andan keyin so‘radi:

– Uning udda qilishini siz qayoqdan bilasiz?

– Xudoy bildirsa, bilaman-da, taqsir?

– Xo‘sh?

– Axir, ko‘bchilikning duosi ko‘l-da, taqsir!

– Ko‘bchilikning duosi ko‘l bo‘lsa yaxshi, – dedi imom,– ammo bu xizmatka uning ilmi kofiymi?

– Kovfiy, taqsir, kovfiy!

– Axir, siz kofiyligini qayoqdan bilasiz?

– Axir… kovfiy emasligini siz ham qayoqdan bilasiz, taqsir?

– Kofiy emasligini men shundan bilamanki, – dedi imom achchig‘ini ichiga yutqan holda, – bunday mansabga minadirgan kishi Buxoroyi sharifda tahsil ko‘rmaganda ham, loaqal Xo‘qand madrasalarida o‘qug‘an bo‘lishi kerak, ammo sizning mirzoboshingiz savodxonliqdan boshqani bilmaydir.

– Bilmaganini siz qayoqdan bilasiz taqsir?

– Chunki men uni o‘z qo‘limda o‘qutqanman… bir yatim bola edi.

– Xudoning berishi, taqsir, – dedi Safar, o‘ylab-netib turmay, – janobingiz Buxoroyi sharifda necha yil o‘qub nihoyati mahallaga imom bo‘ldingiz… Xudoy bermasa shunday, taqsir. Ul bo‘lsa madrasa ko‘rmasdan mirzalarning mirzasi bo‘lmoqchi; xudoy bersa shunday, taqsir.

Safar bo‘zchining bu so‘zidan imomning qonsiz rangi yana qonsizlang‘an, olaminchoq ko‘zi allanuchuk holatka kirgan edi.

– Ablah odam ekansan! – dedi.

– Siz ham ahmoq mulla ekansiz! – dedi Safar bo‘zchi.

Imom g‘azabi bilan o‘rnidan turib Safar bo‘zchig‘a xezlang‘an edi, uni Samad bo‘qoq ushlab qoldi.

– Padar la’nat, adabsiz! – dedi Samad, – domlag‘a shunday so‘zni aytasanmi-ya?

Safar bo‘zchi turg‘an o‘rnidan siljimadi:

– Cho‘zma kekirtagingni, bo‘qoq, – dedi, – qani qo‘yib berchi taqsiringni, yoqalashsin-chi men minan! Andishaning otini qo‘rqoq qo‘ydingmi?!

Shukur so‘fi o‘rnida baqa bo‘lib qolg‘an, imom bo‘lsa qo‘yo hujum qilmoqchidek Samad bo‘qoqni itarar edi. Samad bo‘qoq g‘iybatdan boshqa ishka yaramag‘ani uchun, imomning yordamig‘a yetish chamasi yo‘q edi.

– Shu adabsizlig‘ing bilan, – dedi Samad nasihatomuz, – yana domlaning orqasida namoz o‘quysanmi, Safar, a!

– O‘qumasam qutilamanmi senlardan!

– O‘qumasang bor, jo‘na!!!

– Hye… – deb so‘kindi Safar bo‘zchi va jilovxonadan chiqib jo‘nadi. Uning orqasicha “padar la’nat johil” dedi imom va ilgarigi o‘rnig‘a bordi. Bir necha vaqt uchavlari ham so‘zsiz o‘lturdilar.

– Bir it-da, taqsir, xafa bo‘lmang.

Imom javob bermadi. Yana bir necha kishi kelib qo‘shilg‘ach, Shukur so‘fi mezanaga chiqib azon aytdi. Asrni o‘qush uchun masjidga kirdilar.

19. IFLOS BIR MOZIY

Imomning tab’i juda sustlandi. Shom va xuftan asnolarida ham hech kim bilan so‘zlashmadi. Safar bo‘zchining “Buxoroyi sharifda necha yil o‘qub kelib, nihoyati mahallaga imom bo‘ldingiz. Xudoy bermasa shunday bo‘ladi, taqsir” – degan so‘zi zaharli xanjar kabi uning yuragida yangidan yangi jarohat ochar edi.

Darhaqiqat, Safarning bu so‘zi imomning eski jarohatini mudhish tuzlab tashladi. Bu jarohat shu kungacha ichdangina fasodlanib yurg‘an bo‘lsa, bu kun Safar bo‘zchi kabi bir “bema’ni” bu yarani rahmsiz suratda yorib yubordi. Samad bo‘qoq va Shukur so‘fi kabi bemazalar oldida imomning obro‘sini to‘kdi. Bu bir yoqdan. Ikkinchi tarafdan, Safarning “ul bo‘lsa, madrasa ko‘rmasdan mirzolarning mirzosi bo‘lmoqchi…” jumlasi yana dard ustiga chipqon. Ya’ni imomning hasad o‘ti to‘rt tomondan puflandi, go‘yo ul ikki olov o‘rtasida qolg‘andek bo‘ldi.

Anvarning bosh munshiylikka yaramaydirg‘anlig‘ini, ilmsiz, fazlsizligini nega buncha isbot qilishg‘a tirishdi? Safar bo‘zchi kabi bir “ablah” bilan bahslashib, o‘ziga nega buncha xafalik ortdirdi? Garchi, Anvarga xolis qiymat bermakchi bo‘lg‘anida ham buni Safar kabi ilmsiz, nodon bir kishiga tushundirmoq uchun qanday hojat bor edi? Buning sababini so‘zlashdan ilgari imom afandining o‘tkan tarixig‘a biroz ko‘z tashlab olishg‘a majburmiz. Chunki busiz o‘quvchimizni ta’min qilish mumkin emasdir.

Hozirg‘i imomimiz – mulla Abdurahmon mundan yigirma yillar muqaddam, qisqag‘ina, ahamiyatsizgina “Rahmon” ismi bilan atalar edi. Abdurahmonning otasi ulamo naslidan, ammo bu sharaf nima sabab bilandir, uning otasig‘a nasib bo‘lmog‘an, biroq Abdurahmonning amaklari ota kasbini ushlab, tahsil ko‘rgan joylari Buxoroda katta mudarrislardan sanalar edilar. Abdurahmon yosh bola ekan, otasi o‘lib, onasi va ota tomonlari tarbiyasida qoldi. O‘n besh yoshlarg‘acha Solih maxdum maktabida savod o‘qug‘ach, mudarris amaklaridan Buxoroyi sharifka kelib tahsil qilishg‘a da’vat xati oldi. Xatda Abdurahmonning bobo kasblari ulamoliq ekanini, shuning uchun boshqa kasblarga urunib umr zoe’ qilish abasligi[105 - Abas – befoyda, behuda.]


Вы ознакомились с фрагментом книги.
Для бесплатного чтения открыта только часть текста.
Приобретайте полный текст книги у нашего партнера:
Полная версия книги
(всего 10 форматов)